Krevetkalar (Caridea) — oʻnoyoqli qisqichbaqasimonlar kenja turkumi. Uzunligi 2—30 sm. Tanasi ikki yon tomondan siqiq. Muskulli qorni boshi va koʻkragiga nisbatan uzun. 1- va 2- juft koʻkrak oyoqlarida qisqichlari boʻladi. Oxirgi juft qorin oyoqlari (uropodlar) va dumi (telson) dum suzgichni hosil qiladi. Urgʻochilarining qorinoyoqlari tuxumini olib yurish, erkaklariniki (1- va 2- jufti) kuyikish organi vazifasini bajaradi. 2 000 ga yaqin turi bor; dengizlar va chuchuk suvda planktonda va suv tubida yashaydi. Suvning oʻta chuqur qismida yashaydigan turlari yogʻdu chiqaradi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Krevetkalar ovlanadigan qisqichbaqasimonlar orasida birinchi oʻrinda turadi.

Adabiyotlar
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, krevetkalar haqida ma’lumot. krevetkalar nima? krevetkalar nimani anglatadi?