Buloqboshi — Andijon viloyatidagi shaharcha. Buloqboshi tumani markazi. Andijon shahridan 22 km janubi-sharqda. Aholisi 18,9 ming kishi (2000). Shahar buloq boshida vujudga kelgan, nomi shundan. Aholisi paxtachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Janubiy Fargʻona kanali, buloq va artezian quduqlaridan suv ichadi.
Buloqboshi | |
|---|---|
| shahar | |
| 40°37′20″N 72°32′10″E / 40.62222°N 72.53611°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Andijon viloyati |
| tuman | Buloqboshi tumani |
| Aholisi | 21 900 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Buloqboshida 2 qurilish tashkiloti, paxta punkti, ipak yigiruv fabrikasi, 2 tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, 2 tayyorlov-savdo tashkiloti, elektr tarmogʻi idorasi, yoʻl qurilish boshqarmasi, 3 bank muassasasi, kommunal foydalanish boshqarmasi, 3 bozor, 5 umumiy taʼlim maktabi, 6 yaslibogʻcha, kinoteatr, kasalxona, 2 poliklinika, maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor.
Buloqboshidan shahar va qishloqlarga avtobus qatnaydi.
Eng soʻlim dam oladigan joylaridan Shirmonbuloq mavjud
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, buloqboshi haqida ma’lumot. buloqboshi nima? buloqboshi nimani anglatadi?
