Abduhamidullo Rasulov (1976-yil 10-yanvar, Toshkent) – oʻzbekistonlik sobiq futbol hakami. Abduhamidullo ikkita jahon chempionatida qanot hakami sifatida ishlagan, Osiyoning ikki karra eng yaxshi laynsmeni (2011, 2012) sifatida tanilgan.
| Abduhamidullo Rasulov | |
|---|---|
| Abduhamidullo Rasulov | |
| Tavalludi | 10-yanvar 1976-yil |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Kasbi | Futbol Hakami |
| Faoliyat yillari | 2003—2022 |
| Mukofotlari | |
Faoliyati
Abduhamidullo Rasulov 1976-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan.
2000-yillarning boshidan u futbol uchrashuvlarida hakamlik qilishni boshlagan. 2005-yildan boshlab xalqaro darajadagi oʻyinlarda bosh hakam yordamchisi sifatida faoliyat olib bora boshlagan. 2011-yilda Ravshan Ermatov brigadasi bilan 2011-yilgi Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etgan. 2013-yilda xuddi shu jamoa bilan Konfederatsiyalar kubogi bahslarida hakamlik qilgan. 2014-yilning yozida ham Ravshan Ermatov brigadasi bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining toʻrtta oʻyinida qatnashgan. 2015-yilda Abduhamidullo Rasulov Osiyo Kubogi-2015 hamda Osiyo Kubogi-2019 musobaqalarida bosh hakam yordamchilari roʻyxatiga kiritilgan edi. 2018-yilgi jahon chempionatida ham Ravshan Ermatov jamoasi azosi edi.
Yutuqlari
Ketma-ket ikki marta, 2011 va 2012-yillarda Osiyoning eng yaxshi qanot hakami deb topildi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abduhamidullo rasulov haqida ma’lumot. abduhamidullo rasulov nima? abduhamidullo rasulov nimani anglatadi?