Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

2000-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston futbol ligasi tizimida va 2003-yildan 2019-yilgacha xalqaro miqyosda ishlagan➤.

Ravshan Ermatov

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov – oʻzbekistonlik futbolchi va professional futbol hakami.

Ravshan Sayfiddin oʻgʻli Ermatov
Равшан Сайфиддинович Эрматов
Tavalludi 9-avgust 1977-yil (1977-08-09) (48 yosh)
 Sovet Ittifoqi SSSR, Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Otasi Sayfiddin Ermatov
Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori

2000-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston futbol ligasi tizimida va 2003-yildan 2019-yilgacha xalqaro miqyosda ishlagan.

Futbol boʻyicha jahon kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargan.

2019-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.

Hayoti

Bolaligi va futbol

Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan.

7 yoshidan futbol maktabiga borgan, keyinchalik Toshkent viloyatining „Gʻazalkent“ futbol klubida toʻp tepgan. Ogʻir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.

Hakamlik faoliyati

1996-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasi, 2000-yildan Oʻzbekiston Oliy Ligasi oʻyinlarida hakamlik qilgan. 2016-yilgi Qozogʻiston Superkubogi, 2013—2014-yilgi Hindiston Superligasini boshqargan.

2003-yilda FIFA tomonidan xalqaro hakamlikka tayinlangan.

Osiyo chempionlar ligasining 2006—2007-yilgi mavsumida Urawa Reds – Sepahan, 2010—2011-yilgi mavsumida Jeonbuk Hyundai Motors – Al‑Sadd, 2012—2013-yilgi mavsumida Seoul – Guangzhou Evergrande, 2014—2015-yilgi mavsumida Guangzhou Evergrande – Al‑Ahli, 2016—2017-yilgi mavsumda Urawa Reds – Al‑Hilal SFC klublari oʻrtasidagi oʻyinlarni boshqardi.

Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi U-20 jahon chempionatida Gambiya – Meksika hamda Chili – Kongo oʻyinlarni boshqargan. 2008-yilgi Klublararo jahon chempionatida ishlagan va ushbu musobaqa finalini ham boshqargan. 2012-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Santos – Barcelona oʻyinida ishlagan.

2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinida hakamlik qildi. Butun musobaqa davomida Angliya – Jazoir, Argentina – Gretsiya, chorak finalda Argentina – Olmoniya, yarim finalda Niderlandiya – Urugvay oʻyinlarini boshqardi.

2011-yilgi Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqargan.

2012-yilgi Londondagi Olimpiya oʻyinlarida 3 ta oʻyin, shu jumladan 3-oʻrin uchun bahsni boshqargan.

2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida Italiya – Braziliya oʻyinini boshqargan va xato penalti belgilagan.

2014-yilgi jahon chempionatining 4ta oʻyinida ishlagan.

2018-yilda Ravshan Ermatov Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati guruh bosqichining ikkita oʻyinida ishladi: Argentina – Xorvatiya va Ispaniya – Marokash. Qolgan oʻyinlarda yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning jarohati tufayli ishlay olmadi.

Boshqaruvdagi faoliyati

2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.

2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi va 2022-yil dekabrgacha ushbu lavozimda ishladi.

2023-yilda Ermatov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining markaziy zona vakili etib saylangan.

2021-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Mukofotlari

Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda „Osiyoning eng yaxshi hakami“ deb baholangan. Bu nominatsiyada ketma-ket toʻrt marotaba gʻolib boʻlgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir.

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi tomonidan 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami deb eʼtirof etilgan.

2010-yilda Oʻzbekiston iftixori unvoni berildi.

2014-yil 25-iyunda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlanadi.

2018-yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni berildi.

Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.

2025-yil 6-iyunda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ravshan ermatov haqida ma’lumot. ravshan ermatov nima? ravshan ermatov nimani anglatadi?

Yuqori