Luis Guilherme Lira dos Santos (2006-yil 9-fevralda tug'ilgan) - braziliyalik futbolchi. Hozirda Angliya Premyer-ligasining West Ham United klubida vinger (qanot hujumchisi) sifatida o'ynaydi.
![]() Luis Guilherme Palmeiras safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Luis Guilherme Lira dos Santos | ||
| Tavallud sanasi | 9-fevral 2006-yil | ||
| Tavallud joyi | Aracaju, Braziliya | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | West Ham United | ||
| Raqami | 17 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2017–2023 | Palmeiras | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2023–2024 | Palmeiras | 30 | (0) |
| 2024– | West Ham United | 1 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022 | Braziliya U17 | 4 | (3) |
| 2023– | Braziliya U20 | 5 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-oktyabr uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
Palmeiras
Braziliyaning Aracaju shahrida tug‘ilgan Luis Guilherme dastlab o‘z shahridagi bir qator futbol maktablarida o‘ynagan. So‘ngra Luis 2017-yilda Palmeiras klubiga borib qo‘shilgan. U 2022-yil iyun oyida klub bilan o‘zining birinchi professional shartnomasini imzolagan. 2022-yil yanvar oyida Luis Guilherme Palmeiras safida birinchi marta 2022-yilgi Copa São Paulo de Futebol Júnior turnirini yutib olgan va ushbu turnirni yutgan jamoaning bir qismi bo‘lgan. U 2023-yil noyabr oyida klub bilan shartnomasini yangilagan. Shundan so'ng uning maoshi oshirilgan va shartnoma bo'yicha transfer summasi €55 million etib belgilangan.
Luis Guilherme o'zining asosiy jamoadagi debyut o'yinini 2023-yil 12-aprelda, Copa do Brasil turnirida Tombensen jamoasiga qarshi o‘yinda amalga oshirgan. Luis ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan va jamoasining 4-2 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissas qo'shgan. 2024-yil 24-aprelda u Palmeiras safidagi ilk golini kiritgan. Luis Guilherme Independiente del Valle jamoasiga qarshi o‘yinning 96-daqiqasida o‘yindagi g‘alaba golini kiritgan. Ushbu g'alaba orqali u jamoasiga 2024-yilgi Copa Libertadores guruh bosqichida 3-2 hisobida g‘alaba qozonishda yordam bergan.
West Ham United
2024-yil iyun oyida u Angliya Premer-ligasining West Ham United klubi bilan shartnoma imzolagan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. 2024-yil 13-iyun kuni klub Guilherme bilan besh yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilgan. Transfer rasmiy ravishda ertasi kuni transfer oynasi ochilganda yakunlangan. U West Ham United safidagi o'z debyutini 2024-yil 5-oktabrda Ipswich Townga qarshi o‘yinda, 85-daqiqada Mohammed Kudusning o‘rniga zaxiradan maydonga tushib, 4-1 hisobidagi g‘alabada ishtirok etgan.
Xalqaro faoliyati
Luis Guilherme 2022-yilda Braziliya U17 jamoasiga Montaigu turniri uchun chaqirilgan va u to‘rtta o‘yinda uchta gol urib, 38 yildan so‘ng Braziliyaga turnir g‘alabasini qaytarishga yordam bergan.. Keyinchalik, u 2023-yilda Janubiy Amerika U-20 chempionati uchun Braziliya U20 jamoasiga chaqirilgan. Luis Guilherme XXI asrda Braziliya U20 jamoasi tarkibida ishtirok etgan eng yosh o‘yinchi hisoblanadi. U beshta o‘yinda qatnashgan, umumiy hisobda 191 daqiqa maydonda bo‘lgan va Braziliyaning 12 yildan beri birinchi marta Janubiy Amerika U20 chempionatida g‘olib chiqishiga va FIFA U-20 Jahon Chempionatiga sakkiz yildan so‘ng yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga o'zining ulkan hissasini qo‘shgan.
O‘yin uslubi
Texnik jihatdan mohir qanot hujumchisi bo‘lgan Luis Guilherme maydonda yaxshi qarorlar qabul qilish qobiliyati bilan tanilgan. U 2022-yilda Copa do Brasil Sub-17 finalida Vasco da Gamaga qarshi o‘yinda o'z tezligini 36,4 km/soatga chiqara olgan. U o‘zining ilhom manbai sifatida Argentina afsonasi Lionel Messi va Rivaldo nomlarini tilga oladi. 2023-yil 11-oktabrda u The Guardian ingliz gazetasi tomonidan dunyoning 2006-yilda tug'ilgan eng yaxshi futbolchilari qatorida, Palmeirasdagi jamoadoshlari Endrick va Vitor Reis bilan birga tilga olingan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, luis guilherme haqida ma’lumot. luis guilherme nima? luis guilherme nimani anglatadi?
