Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Vitor de Oliveira Nunes dos Reis (2006-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – braziliyalik futbolchi, „Palmeiras“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Vitor Reis

Vitor de Oliveira Nunes dos Reis (2006-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – braziliyalik futbolchi, „Palmeiras“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Vitor Reis
Vitor Reis 2024-yil Palmeiras
klubida mashgʻulot oolib bormoqda.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vitor de Oliveira Nunes dos Reis
Tavallud sanasi 12-yanvar 2006-yil (2006-01-12) (20 yosh)
Tavallud joyi San Paulu, Braziliya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000 R10 Academy
2016—2024 Palmeiras
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2024— Palmeiras 18 (1)
2025— Manchester City 0 (0)
Milliy terma jamoa
2022 Braziliya U16 1 (0)
2022— Braziliya U17 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 4-dekabr uchun)

Klubdagi faoliyati

Reis Braziliyaning San-Paulu shtatidagi San-Xose-dus-Kampus shahridagi Santana tumanida tugʻilgan. Oʻn yoshga toʻlguniga qadar sobiq Braziliya terma jamoasi futbolchisi Robinyo boshqaradigan Paraibadagi R10 akademiyasida oʻz faoliyatini boshlagan. 2016-yilda esa professional Palmeyras jamoasi akademiyasiga oʻtgan.

U oʻzini Palmeyrasning yoshlar jamoalarida asosiy oʻyinchilaridan biri bo''lishi mumkunligi koʻrsatdi. Bu davrda oʻzi oʻynagan jamoalarda sardorlik qilgan va 2022-yilgi Braziliya kubogi 17 yoshgacha boʻlganlar finalida ishtirok etgan. Biroq, oʻyin davomida u Vasko da Gama oʻyinchisi bilan toʻqnashib ketgan va natijada miya chayqalishiga uchragan. Maydonda hushini tiklagandan soʻng kasalxonaga olib boriligan. Oʻyindan soʻng, Reis ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga minnatdorchilik bildirib, voqeadan keyin oʻzini yaxshi his qilganini aytgan. U 2022-yilgi mavsum oxirida „Palmeyras“ bilan birinchi professional shartnomasiga qoʻl qoʻygan va 2025-yilgacha shartnoma imzolagan.

2023-yil 11-oktyabrda u Angliyaning The Guardian gazetasi tomonidan Reisning sobiq Palmeyrasdagi jamoadoshlari Endrick va Luis Guilherme bilan birga 2006-yilda tugʻilgan dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri deb topilgan.

Terma jamoadagi faoliyati

Reis 2022-yilgi Montaigu turnirida ishtirok etgan 16 yoshgacha boʻlgan Braziliya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. U 2022-yil oktyabr oyida Chili va Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi

Soʻnggi oʻyin 2024-yil 4-dekabrda boʻlib oʻtgan.
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Shtat ligasi Millliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Palmeiras 2024 Série A 18 1 0 0 2 1 2 0 22 2
Umumiy faoliyat statistikasi 18 1 0 0 2 1 2 0 0 0 22 2
  1. Bunga Campeonato Paulista kiradi
  2. Bunga Copa do Brasil kiradi
  3. Copa Libertadores turniridagi ishtiroki kiradi

Yutuqlari

Shaxsiy sovrinlar
  • Troféu Mesa Redonda turnirining yilning eng yaxshi ramziy jamoasigga kiritilgan: 2024-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, vitor reis haqida ma’lumot. vitor reis nima? vitor reis nimani anglatadi?

Yuqori