Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp, 도널드 트럼프, 1946-yil 14-iyunda tugʻilgan) – amerikalik siyosatchi, teleboshlovchi, aktyor va tadbirkor. Respublikachilar partiyasi aʼzosi, Qoʻshma Shtatlarning 47-prezidenti. 2017-yildan 2021-yilgacha 45-prezident boʻlgan.
| Donald Trump | |
|---|---|
![]() Rasmiy portret | |
| Mansab davri 2025-yil 20-yanvardan – hozirgacha | |
| Vitse-prezident | James David Vance |
| Oʻtmishdoshi | Joe Biden |
| Mansab davri 2017-yil 20-yanvardan – 2021-yil 20-yanvargacha | |
| Vitse-prezident | Mike Pence |
| Oʻtmishdoshi | Barack Obama |
| Vorisi | Joe Biden |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Donald John Trump 14-iyun 1946-yil Kuins, Nyu York, AQSh |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Respublikachilar (1987-1999, 2009-2011, 2012-hozirgacha) |
| Boshqa siyosiy birlashmalari |
|
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | |
| Ota-onasi |
|
| Istiqomat joy(lar)i | Mar-a-Lago |
| Taʼlim | Pennsylvania universiteti (bakalavr) |
| Kasbi |
|
| Mukofotlari | |
| Imzosi | ![]() |
| Vebsayti |
|
Nyu-York shahrida tugʻilgan Trump 1968-yilda Pensilvaniya universitetini iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 1971-yilda oilasining koʻchmas mulk biznesiga rahbarlik qila boshladi, uni „The Trump Organization[en]“ deb qayta nomladi hamda osmonoʻpar binolar, mehmonxonalar, kazinolar, golf maydonchalarini sotib olish va qurishga kirishdi. 1990-yildan 2000-yilgacha oltita biznesining bankrotligini boshdan kechirdi, keyinchalik yangi loyihalarni yoʻlga qoʻydi. 2004-yildan 2015-yilgacha „The Apprentice[en]“ nomli realiti-shouni olib bordi. Siyosatda chetdan kelgan shaxs sifatida tanilgan Trump 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodi Hillary Clinton ustidan gʻalaba qozondi.
Trump prezidentligining birinchi muddatida[en] oltita musulmon mamlakati fuqarolariga nisbatan sayohat taqiqini joriy etdi[ru], AQSH-Meksika chegarasidagi devorni kengaytirdi va oilalarni ajratish siyosatini[en] amalga oshirdi. Atrof-muhit va biznes sohasidagi qonun-qoidalarni bekor qildi, 2017-yilda Soliqlarni kamaytirish va ish oʻrinlari yaratish toʻgʻrisidagi qonunni[ru] imzoladi hamda Oliy sudga uch nafar sudyani tayinladi[en]. Tashqi siyosatda Trump AQShni iqlim, savdo va Eronning yadroviy dasturi boʻyicha kelishuvlardan chiqardi, Xitoy bilan savdo urushini boshladi[en]. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yadroviy qurolsizlanish boʻyicha kelishuvga erisholmadi. COVID-19 pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash mutaxassislariga zid fikrlar bildirdi va CARES qonuniga[en] asosan iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini imzoladi. Trump 2019-yilda hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qilgani va Kongress faoliyatiga toʻsqinlik qilgani uchun, 2021-yilda esa qoʻzgʻolonga undagani uchun impichmentga uchradi. Senat uni ikkala holatda ham oqladi. Birinchi muddati tugagach, olimlar va tarixchilar uni Amerika tarixidagi eng yomon prezidentlardan biri sifatida baholadilar.
Trump – „Trumpizm[en]“ iborasi timsoli. Uning koʻplab sharhlari va harakatlari irqiy ayirmachilik deb taʼriflangan. Trump yolgʻon va chalgʻituvchi bayonotlari bilan Amerika siyosatida misli koʻrilmagan darajada fitna nazariyalarini targʻib qilgan. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Joe Bidenga yutqazgach, Trump saylov natijasini bekor qilishga urinib ko‘rdi[en] va bu 2021-yil 6-yanvar kuni Kapitoliyga hujum[en] bilan yakunlandi. 2023-yilda Trump Jean Carrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik[en], tuhmat hamda firibgarlik[en] ayblovlari bilan javobgarlikka tortildi. 2024-yilda biznes qaydlarini soxtalashtirishda[en] aybdor deb topildi va shuning bilan, birinchi bor sudlangan AQSh prezidentiga aylandi. 2024-yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasida Trump suiqasddan omon qoldi, buning ortidan reytingi oshib, yagona raqibi Kamala Harrisni saylovda magʻlub etdi.
Trump prezidentligining ikkinchi muddatini[en] 2025-yil 6-yanvar kuni bir yarim mingga yaqin tartibbuzarni afv etish va federal ishchi kuchini ommaviy ravishda ishdan boʻshatish[en] tashabbusi bilan boshladi. Trump farmoyishlarining qonuniyligi koʻplab daʼvolarni keltirib chiqardi.
Bolalik va yoshlik yillari
Donald John Trump 1946-yil 14-iyunda Nyu-Yorkning Queens tumanidagi Yamayka kasalxonasida tugʻilgan. Nemis millatiga mandub Fred Trump va shotland millatiga mansub Mary Ann McLeodning toʻrtinchi farzandi. Opalari Maryanna va Elizabeth, akasi Fred va ukasi Robert bilan Queensning Jamaica Estates mahallasidagi qasrda oʻsgan. Fred Trump har bir farzandiga yiliga 20 ming dollardan sarflagan, bu 2024-yilgi hisobda 265 ming dollarga teng. Zamonaviy standartlarga koʻra, Trump sakkiz yoshida millioner boʻlgan.
Trump yettinchi sinfgacha Kew-Forest xususiy maktabida[en] oʻqigan. U tarbiyasi qiyin bola boʻlgan va otasining biznesiga erta qiziqish bildirgan. Otasi oʻrta maktabni tugatishi uchun Nyu-York harbiy akademiyasi qoshidagi xususiy maktab-internatiga yozdirdi. Trump shou-biznesda karyera qilishni oʻyladi, lekin buning oʻrniga 1964-yilda Fordham universitetiga oʻqishga kirdi. Ikki yil oʻtgach, Pensilvaniya universitetining Uorton maktabiga oʻtdi va 1968-yil may oyida iqtisodiyot boʻyicha bakalavr darajasini oldi.
Vyetnam urushi paytida tovonida jiddiy nuqsoni borligi sababli chaqiruvdan ozod qilingan.
Biznesdagi faoliyati
Koʻchmas mulk
1968-yildan boshlab Trump otasining „Trump Management“ koʻchmas mulk kompaniyasida ishlagan. Nyu-Yorkning chekka tumanlarida irqiy jihatdan ajratilgan oʻrta sinfga tegishli ijara uylariga egalik qilgan. 1971-yilda otasi uni kompaniya prezidenti etib tayinladi va u The Trump Organization shirkatidan brend sifatida foydalana boshladi. Roy Cohn Trumpning 19701980-yillarda 13 yil davomida tuzatuvchisi, advokati va murabbiyi boʻlgan. 1973-yilda Cohn Trumpga AQSH hukumatiga 100 million dollar (2024-yilgi hisobda 708 million dollarga teng) evaziga Trumpning mulklarida irqiy kamsitish amaliyoti borligi haqidagi ayblovlarga qarshi chiqishga yordam berdi. Trumpning qarshi daʼvolari rad etildi va hukumatning ishi Trumplar segregatsiyadan chiqishga rozilik toʻgʻrisidagi farmonni imzolashi bilan hal qilindi. Oʻttiz yoshga toʻlmasdan turib, oqibati va bahosi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, sudlashuvga moyilligini koʻrsatdi; hatto yutqazganida ham, ishni gʻalaba deb taʼrifladi. Cohn Trump loyihalariga yordam berib, noqonuniy amaliyotlarini nazorat qiladigan vakil edi. 1991-yildan 2009-yilgacha oʻzining oltita biznesi: Manhattandagi Plaza mehmonxonasi, Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahridagi kazinolar va Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini bankrotlikdan himoya qilish uchun bankrotlik kodeksining 11-bobiga[ru] koʻra, yordam soʻrab ariza topshirdi.
1992-yilda Maryanne, Elizabeth, Robert Trumplar, ularning amakivachchasi John W. Walter, har biri 20 foizlik ulush bilan All County Building Supply & Maintenance Corp. shirkatini tashkil etishdi. Kompaniya ofislarga ega emas edi va Trumpning ijara boʻlinmalari uchun taʼminotchilarga pul toʻlash uchun soxta kompaniya boʻlgan. Keyin esa bu xizmatlar va taʼminotlarni Trump Management kompaniyasiga 20-50 foiz va undan yuqori ustamalar bilan toʻlagan. Mulk egalari ustamalardan tushgan daromadni baham koʻrishdi. Koʻtarilgan xarajatlar uning ijara haqini oshirish uchun ishlatilgan.
Manhattan va Chikagodagi qurilishlar
Trump 1978-yilda oʻz oilasining Manhattandagi birinchi korxonasini ishga tushirishi bilan jamoatchilik eʼtiborini tortdi: Grand Central terminaliga qoʻshni boʻlgan tashlandiq Commodore mehmonxonasini taʼmirladi. Moliyalashtirish otasi tomonidan unga 400 million dollarlik shahar mulki soligʻini kamaytirish orqali amalga oshirildi. Hyatt shirkati bilan birgalikda 70 million dollarlik bank qurilish kreditini kafolatladi. Mehmonxona 1980-yilda Grand Hyatt mehmonxonasi sifatida qayta ochildi va oʻsha yili Midtown Manhattandagi Trump Tower osmonoʻpar majmuasini boshqarish huquqini oldi.
1995-yilda Trump 3 milliard dollardan ortiq bank kreditlarini toʻlay olmadi va kreditorlar Plaza mehmonxonasini hamda boshqa koʻpgina mulklarini musodara qilishdi, biroq Trump shaxsiy bankrotlikdan qochishga imkon topdi.
1996-yilda Trump Wall Street koʻchasi, 40-uyda joylashgan, nomi keyinchalik „Trump Building“ deb oʻzgartirilgan, asosan boʻsh turgan 71 qavatli binoni sotib oldi va taʼmirladi. 1990-yillarning boshlarida Gudzon daryosi boʻyida, Lincoln maydonidagi 70 akr (28 gektar) maydonni taʼmirlash huquqini oldi. Boshqa loyihalardan qarzdorlikni yopgach, 1994-yilda loyihadagi ulushining katta qismini osiyolik investorlarga sotdi – ular esa loyihaning yakunlanishini moliyalashtirishgan. Trumpning soʻnggi yirik qurilish loyihasi 2008-yilda Chikagoda ochilgan 92 qavatli „Trump International Hotel and Tower“ mehmonxonasi boʻlgan. 2024-yilda „The New York Times“ va „ProPublica“ gazetalari qurilish xarajatlarining oshib ketishi va turar-joy binolarining past savdosi tufayli yuzaga kelgan zararlarni ikki baravar hisobdan chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi tekshirilayotganini xabar qilishdi. Trump 2008-yilgi soliq deklaratsiyasida bu binolarni qiymatsiz deb eʼlon qilgan edi.
Atlantic City kazinolari
1984-yilda Tramp Holiday Corporation kompaniyasining moliyalashtirish va boshqaruv yordami bilan Harrah’s mehmonxonasini ochdi. 1985-yilda ochilmagan „Atlantic City Hilton“ mehmonxonasini sotib oldi va uni Trump’s Castle deb oʻzgartirdi. Trump 1988-yilda Atlantic Citydagi uchinchi joy – „Trump Taj Mahal“ni sotib oldi. Bino 675 million dollarlik obligatsiyalar bilan moliyalashtirildi va 1,1 milliard dollarga qurib bitkazildi, 1990-yil aprel oyida ochildi. 1991-yilda 11-bob boʻyicha bankrotlikdan himoya qilish uchun ariza berdi. Qayta qurish shartnomasi qoidalariga koʻra, u dastlabki ulushining yarmidan voz kechdi va kelajakdagi faoliyatini kafolatladi. 900 million dollarlik qarzini kamaytirish uchun u Trump Shuttle aviakompaniyasini sotdi. Tarkibiga kazinolariga ijaraga berilgan va dokda saqlangan megayaxtasi, Trump Princess va boshqa bizneslari ham kirar edi. 1995-yilda Trump Plaza egalik huquqini olgan Trump Hotels & Casino Resorts (THCR) ga asos soldi. THCR 1996-yilda Taj Mahal va Trump Castle binosini sotib oldi va bankrot boʻldi, natijada 10 foiz egalik huquqi unga qoldi. 2009-yilgacha rais boʻlib qoldi.
Golf klublari
1985-yilda Trump Florida shtatining Palm-Bich shahridagi Mar-a-Lago mulkini sotib oldi. 1995-yilda mulkni boshlang'ich to'lov va yillik badal bilan xususiy klubga aylantirdi. Mulkning bir qanotidan xususiy turar joy sifatida foydalanishda davom etd. 2019-yilda klubni o'zining asosiy qarorgohi deb e'lon qildi. U 1999-yilda golf maydonchalarini qurish va sotib olishni boshladi. 2016-yilga kelib 17 ta golf maydoniga egalik qildi.
Trump nomining litsenziyalanishi
Trump Organization Donald Trump nomini oziq-ovqat, kiyim-kechak, o'quv kurslari va uy jihozlari kabi iste'mol tovarlari va xizmatlari uchun litsenziyalagan. 50 dan ortiq litsenziyalash yoki boshqaruv bitimlari Trump nomi bilan bog'liq bo'lib, uning kompaniyalari uchun kamida 59 million dollar daromad keltirgan. 2018-yilga kelib, faqat ikkita isteʼmol tovarlari kompaniyasi uning nomini litsenziyalashda davom etdi. 2000-yillarda Trump oʻz nomini butun dunyo boʻylab turar-joy binolarini qurish uchun litsenziyalagan, ulardan 40 tasi hech qachon qurilmagan.
1997–2007-yillar
Donald Tramp bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:
- „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trampning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.
- „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi – mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.
- „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ – biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.
- „Tramp minorasi (Tampa)“ – soʻrovlar koʻp boʻlgani uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.
- Florida shtatining Fort Loderdeyl shahrida „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.
- „Tramp minorasi (Atlanta)“ – Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi.
Jahon iqtisodiy inqirozi (2008–2012)
2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Tramp Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi. Tramp sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz – bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan. Deutsche Bank vakillari esa, „Tramp muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar. 2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi.
Shaxsiy binolari
2011-yilda „Forbes“ jurnali Donald Tramp boyligini 2.9 milliard dollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan.
Qurilishi tugatilgan uy-joylari
- „Trump butunjahon minorasi“ – $290 million
- „Trump Tower“ – $288 million
- * „Trump Tower“dagi umumiy maydoni 3000 m² keladigan xonalar, 50 million dollar.
- „AXA Center“ – kamida $30 million
- San Fransiskodagi binolaridan (olinadigan 30 foiz ulush) – $540 million
- Wall-streetdagi Trump Building – taxminiy narxi $260 million
- Trump Entertainment Resorts tarkibiga kiradigan turli xil komplekslar:
- * Trump Taj Mahal (Wayback Machine saytida 5-fevral 2016-yil sanasida arxivlangan)
- * Trump Plaza (Wayback Machine saytida 3-noyabr 2015-yil sanasida arxivlangan)
- * Trump Marina
- Trump mehmonxonasi va minorasi (Chikago) (Wayback Machine saytida 30-yanvar 2012-yil sanasida arxivlangan)
- Trumpning „Las Vegas“ xalqaro mehmonxonasi – milliarder Philip Ruffin bilan hamkorlikda qurilgan
- Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Wayback Machine saytida 8-may 2016-yil sanasida arxivlangan)
- „Trump Park Avenue“ – $142 million
- Golf maydonlari – $127 million
- * AQSh hududidagi 6 ta golf klubi
- * 2006-yilda Shotlandiyaning Aberdin shahrida katta yer maydonini sotib oldi, bu yerda Birlashgan Qirollik golf chempionati uchun maydon boʻlishi moʻljallangan. Undan tashqari, bu yerda golf akademiyasi va besh yulduzli mehmonxona qurilishi kutilmoqda.
- * Karib dengizidagi Kanuan orolida golf maydoni va koʻngilochar majmua qurilishi.
- „Palm Beach“dagi bino: 4000 m² maydonga ega uy. Tramp bu uyni 40 million dollarga sotib olib, qayta taʼmirlab, 2008-yilda 100 million dollarga sotgan. Bu uy AQShda sotilgan eng qimmat uy boʻldi.
- „Maralago“ klubi
Litsenziyalangan binolari
Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trampdan ular qurayotgan binoni reklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Tramp nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas. „Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.
- Manxetten:
- Trump Palace:
- Trump Park va Trump Park East – 38 qavatli egizak binolar
- Trump Plaza (Nyu-York) – 39 qavatli sanchqisimon bino
- Trump Soho mehmonxonasi (Wayback Machine saytida 30-yanvar 2012-yil sanasida arxivlangan) – Nyu-Yorkdagi 42 qavatli bino
- Nyu-York shahar atrofi:
- Tramp Plaza, Nyu-Jersidagi eng baland binolar (biri 50, ikkinchisi 55 qavatli)
- „Trump Plaza (Westchester)“ – 39 qavatli hashamatli bino: ichida kvartiralar, doʻkonlar, avtoturargohlar bor.
- * „Trump Tower“ – 35 qavatli mehmonxona.
- * „Trump Park“ – oʻyingohlar majmuasi.
- Florida:
- * Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Wayback Machine saytida 21-dekabr 2009-yil sanasida arxivlangan) (2007-yil)
- * Trump Palace (Sunny Isles): 270 ta uyni oʻz ichiga olgan bino
- * Trump Grande (Sunny Isles)
- * Trump Hollywood: 40 qavatli majmua.
- * Trump Tower (Palm Beach)": 23 qavatli mehmonxona.
- Mamlakat boʻyicha:
- Tramp minorasi (Atlanta): 48 qavat va 370 qatordan iborat majmua.
- Tramp minorasi (Filadelfiya)": 45 qavatli hashamatli bino.
- * Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki) (Wayback Machine saytida 6-fevral 2012-yil sanasida arxivlangan)(2009-yil)
- * Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Yangi Orlean): (2007-yil)
- Boshqa mamlakatlarda:
- * Trump Tower Baku (Ozarbayjon, 2013-yil)
- * Trump World (Koreya Respublikasi)
- * Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto) (2012-yil)
- * Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Dubay), BAA
- * Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Panama): 70 qavatli minora.
OAVda
Donald Tramp seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan. Ikki marta Emmy mukofoti sohibi boʻlgan. 2003-yili Tramp NBC telekanalidagi „Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi produseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Tramp kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Tramp ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (inglizcha: Youʼre fired!) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Tramp ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan. 2007-yili Donald Tramp ismi Hollywooddagi „Yulduzlar yoʻlkasi“ga yozildi. Shu yili Tramp AQSH Prezidenti Bushni Iroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.
”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biri AQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi”
– degan u.
Shuningdek, u Hillary Clinton yoki Rudolph Giuliani AQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Tramp aktrisa Angelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan.
AQSh Prezidentligiga nomzod sifatida
2015-yili Tramp AQSh Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Saylovoldi kampaniyasida Tramp AQSH Prezidenti etib saylangan taqdirida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstlashish siyosatini olib borajagini ham aytgan.
Shaxsiy sayti
Donald Tramp oʻz veb-saytini ishga tushirdi. sayt „45office.com“ deb nomlangan boʻlib, hozircha uchta sahifaga ega. Ulardan biri Donald va Melaniya Trampning tarjimai holi va AQSHning 45-prezidenti hamda birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bagʻishlangan. Bosh sahifa orqali amerikaliklarga Tramp bilan oʻz fikrlarini boʻlishish imkoni yaratilgan. Buning uchun foydalanuvchilardan shaxsiy aloqa maʼlumotlari kiritiladigan soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Shuningdek, sobiq prezidentlik juftligiga har qanday ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish imkoni ham mavjud. Uchinchi sahifa esa matbuot soʻrovlari uchun ajratilgan.
Qayd etilishicha, veb-sayt dizaynida sobiq prezidentning oʻz tarafdorlari bilan ommaviy yozishmalar olib borishi uchun alohida sahifa yaratilmagan.
Boshqa biznes tarmoqlari
„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchi Miss Universe Organization tashkiloti hamda „NBC“ telekanali ham aynan Donald Trampga qarashlidir. Donald Tramp, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Tramp nomi bilan ataluvchi aroq, kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda. Donald Tramp Learning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 million dollar ish haqi oladi.
Golf maydonlari
2008-yilning iyunida Tramp Aberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Tramp 1 milliard £ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismida golf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trampning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.
Vitaminlari
2009-yili Tramp vitaminlar ishlab chiqaruvchi „Trump Network“ shirkatga asos soladi. Shirkat bir necha turdagi vitaminlar ishlab chiqaradi.
AQSh Prezidenti
Xorijiy davlatlarga tashriflar
Quyida Donald Trampning AQSh Prezidenti sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan.
| Davlat | Shahar | Sana | Sabab |
|---|---|---|---|
| Saudiya Arabistoni | Ar-Riyod | 20-22.05.2017 | Riyod sammiti |
| Isroil | Quddus | 22-23.05.2017 | Prezident Reuven Rivlin va premyer Benjamin Netanyahu bilan uchrashuv |
| Falastin Milliy Maʼmuriyati | Baytullahm | 23.05.2017 | Prezident Mahmud Abbos bilan uchrashuv |
| Italiya | Rim | 23-24.05.2017 | Prezident Sergio Mattarella va premyer Paolo Gentiloni bilan uchrashuv |
| Vatican City | Vatikan | 24.05.2017 | Francis bilqn uchrashuv |
| Belgiya | Bryussel | 24-25.052017 | NATO sammiti |
| Italiya | Taormina | 25-27.05.2017 | Katta yettilik sammiti |
| Poland | Varshava | 5-6.07.2017 | Uch dengiz sammiti |
| Germaniya | Gamburg | 6-8.07.2017 | Katta yigirmatalik sammiti |
| Fransiya | Parij | 13-14.05.2017 | Bastiliya kunida qatnashish va Emmanuel Macron bilan uchrashuv |
| Yaponiya | Tokyo | 5-7.11.2017 | premyer Shinzō Abe va imperator Akihito bilan uchrashuv. |
| Janubiy Koreya | Seul | 7-8.11.2017 | president Moon Jae-in bilan uchrashuv |
| Xitoy | Pekin | 8-10.11.2017 | Prezident Xi Jinping va premyer Li Keqiang bilan uchrashuv. |
| Vietnam | Xanoy | 10-12.11.2017 | OTIHT sammiti |
| Filippin | Manila, Pasay | 12-14.11.2017 | ASEAN sammiti |
| Shveysariya | Davos | 25-26.01.2018 | Butunjahon iqtisodiy anjumani. |
| Peru | Lima | 13-14.04.2018 | Lotin Amerikasi sammiti. |
Shaxsiy hayoti
Oilasi
Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Meri va Elizabet) bor. Singlisi Mary – yurist. 1977-yili Tramp 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor: Donald Tramp-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Tramp 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:
«Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman»
2004-yildan beri Donald sloveniyalik Melaniya Tramp bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor. 2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison, Donald Jon, Tristan Milos, Spenser Frederik va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Josef Frederik) bolalaridir. Donald nasroniylik dinining protestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim – nasroniylik esa chiroyli din“.
Oilaviy shajarasi
Qiziqishlari
Donald golf oʻyiniga nihoyatda qiziqadi. AQShda va dunyoning boshqa mamlakatlarida uning shaxsiy golf klublari bor.
Kitoblari
- „Kelishuv sanʼati“
- „Choʻqqida omon qolish uchun“ (1990)
- „Omon qolish sanʼati“ (1991)
- „Qaytadan koʻtarilish sanʼati“ (1997)
- „Bizga yarashgan Amerika“ (2000)
- „Boy boʻlish uchun“ (2004)
- „Yuqoriga yoʻl“ (2004)
- „Muvaffaqiyat haqida nimalarni bilish kerak“ (2004)
- „Golf oʻyini haqida“ (2005)
- „Biz boy boʻlishingizni istaymiz“ (2006)
- „Qotib qolma!“ (2007)
- „Uy-joy haqidagi eng yaxshi maslahatlarim“ (2007)
- „Muvaffaqiyat formulasi“ (2007)
- „Trump hech qachon taslim boʻlmaydi“ (2008)
- „Midas sovgʻasi“ (2012)
Filmografiyasi
| Nomi | Yil | Eslatmalar | Rol |
|---|---|---|---|
| The Jeffersons | 1985 | Episode titled „You’ll Never Get Rich“ | Himself |
| Ghosts Canʼt Do It | 1989 | Movie | |
| On Our Own by Bobby Brown | 1989 | Music Video | |
| Uyda yolgʻiz 2 | 1992 | Movie | |
| The Fresh Prince of Bel-Air | 1994 | Episode titled „For Sale by Owner“ | |
| Across the Sea of Time | 1995 | Movie | |
| The Little Rascals | 1995 | Movie | Waldoʻs Dad (an oil tycoon) |
| The Nanny | 1996 | Episode titled „The Rosie Show“ | Himself |
| Eddie | 1996 | Movie | |
| The Associate | 1996 | Movie | |
| Suddenly Susan | 1997 | Episode titled „I’ll See That and Raise You Susan“ | |
| The Drew Carey Show | 1997 | Episode titled „New York and Queens“ | |
| Night Man | 1997 | Episode titled „Face to Face“ | |
| Spin City | 1998 | Episode titled „The Paul Lassiter Story“ | |
| Celebrity | 1998 | Movie | |
| Sex and the City | 1999 | Episode titled „The Man, the Myth, the Viagra“ | |
| Zoolander | 2001 | Movie | |
| The Job | 2001 | Episode titled „Elizabeth“ | |
| Two Weeks Notice | 2002 | Movie | |
| Days of Our Lives | 2005 | Guest star on daytime television soap opera. | |
| 58th Primetime Emmy Awards | 2006 | minimusical | Oliver Wendell Douglas |
| Wall Street: Money Never Sleeps | 2010 | Trump’s scene in this movie was cut from the final version but is available on the DVD. | Himself |
| Saturday Night Live | 2015 | Trump hosted the 7-noyabr 2015-yil episode of SNL | Himself / Tax Guy (In Hotline Bling skit) |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, donald trump haqida ma’lumot. donald trump nima? donald trump nimani anglatadi?



