Barak Husayn Obama II (inglizcha: Barack Hussein Obama II; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 2017-ylga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Bungacha 1997-yildan 2004-yilga qadar Illinoys shtati senatori, 2005-yildan 2008-yilga qadar esa AQSh senatori (Illinoisdan) vazifalarini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Obama AQShning ilk afroamerikalik prezidenti boʻlgan. Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Tramp boʻldi.
| Barak Obama | |
|---|---|
![]() Rasmiy portret (2012) | |
| 44-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
| Mansab davri 20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil | |
| Vitse-prezident | Jo Bayden |
| Oʻtmishdoshi | Jorj U. Bush |
| Vorisi | Donald Tramp |
| Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Illinoysdan) | |
| Mansab davri 3-yanvar 2005-yil – 16-noyabr 2008-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Piter Fitsjerald |
| Vorisi | Roland Burris |
| Illinoys Senati aʼzosi (13-okrugdan) | |
| Mansab davri 8-yanvar 1997-yil – 4-noyabr 2004-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Alis Palmer |
| Vorisi | Kwame Raoul |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Barack Hussein Obama II 4-avgust 1961-yil Gonolulu, Gavayi, A.Q.Sh. |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Demokratlar |
| Turmush oʻrtogʻi | Mishel Robinson (1992-yildan) |
| Bolalari |
|
| Ota-onasi |
|
| Istiqomat joy(lar)i | Kalorama, Vashington |
| Taʼlim | Punahou maktabi |
| Alma mater |
|
| Kasbi |
|
| Imzosi | |
| Vebsayti |
|
2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi. Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir: Dreams from My Father („Otamdan orzular“) (1995), The Audacity of Hope („Umid jurʼati“) (2006) va A Promised Land („Vaʼda qilingan yer“) (2020).

Dastlabki hayoti va karyerasi
Obama 1961-yil 4-avgustda AQShning Gavayi shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan. U Gavayida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir. Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, Enn Danxem (1942-1995) Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlgan. Otasi Barak Obama Sr. (1936-1982)Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Gavayiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Gavayi uiversitetida rus tili darsida uchrashishgan. Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishgan.
1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barak va uning onasi Seattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barakning otasi 1962-yilning iyunida Gavayida oʻqishini tamomlab, iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik, Garvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdi. Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardi. U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yil Mavlud bayramida faqat bir marotaba Gavayiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi. Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman“.
Nashr etilgan kitoblari
- Dreams from My Father (1995)
- The Audacity of Hope (2006)
- Of Thee I Sing (2010)
- A Promised Land (2020)
Audiokitoblar
- 2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream (Random House Audio) ISBN 978-0739366417
Oʻqish uchun
- De Zutter, Hank. „What Makes Obama Run?“ (8-dekabr 1995-yil). 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- Graff, Garrett M. (1-noyabr 2006-yil). „The Legend of Barack Obama“. Washingtonian. 14-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2008-yil.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () - Kenny, Mary. "Obama shaped more by his WASP heritage than the passion of Martin Luther King, " Independent.ie (7-sentyabr 2014-yil)
- Koltun, Dave „The 2004 Illinois Senate Race: Obama Wins Open Seat and Becomes National Political "Star"“, . The Road to Congress 2004. Hauppauge, New York: Nova Science Publishers, 2005. ISBN 978-1-59454-360-9.
- Lizza, Ryan (September 2007). „Above the Fray“. GQ. 2011-05-14da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-oktyabr 2010-yil.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () - MacFarquhar, Larissa (7-may 2007-yil). „The Conciliator: Where is Barack Obama Coming From?“. The New Yorker. Qaraldi: 14-yanvar 2008-yil.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () - McClelland, Edward. Young Mr. Obama: Chicago and the Making of a Black President. New York: Bloomsbury Press, 2010. ISBN 978-1-60819-060-7.
- Parmar, Inderjeet and Mark Ledwidge. „…'a foundation-hatched black': Obama, the US establishment, and foreign policy.“ International Politics 54.3 (2017): 373-388 online (Wayback Machine saytida 2023-06-27 sanasida arxivlangan)
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, barack obama haqida ma’lumot. barack obama nima? barack obama nimani anglatadi?
