Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kayxusrav I (Andoza:Lang-trk-x-oldanat yoki Gʻiyosiddin Kayxusrav ibn Kilij Arslon; forscha: غياث‌الدين كيخسرو بن قلج ارسلان‎‎) Kilij Arslan IIning oʻn birinchi

Kayxusrav I

Kayxusrav I (Andoza:Lang-trk-x-oldanat yoki Gʻiyosiddin Kayxusrav ibn Kilij Arslon; forscha: غياث‌الدين كيخسرو بن قلج ارسلان‎) Kilij Arslan IIning oʻn birinchi va kenja oʻgʻli boʻlib, Rum saljuqiy sultoni edi. 1192-yilda otasining oʻrniga taxtga chiqqan. Biroq, sultonlik ustidan nazorat uchun aka-ukalari bilan kurashishga majbur boʻlgan va 1196-yilda akasi Sulaymonga yutqazgan. 1192—1196 va 1205—1211-yillarda hukmronlik qilgan.

Kayxusrav I

Gʻiyosiddin Kayxusrav I ibn Qilich Arslon. Ikkinchi hukmronligi. Hijriy 601—608-yillar (milodiy 1204—1211-yillar)
Rum sultoni
Saltanat 1192—1196
Oʻtmishdoshi Kilij Arslon II
Davomchisi Sulaymon II (Rum)
Saltanat 1205—1211
Oʻtmishdoshi Kilij Arslon III
Davomchisi Kaykovus I
Tugʻilishi 1169
Kuyucak, Rum sultonligi
Vafoti 1211 (yoshi 41–42)
Kuyucak, Rum sultonligi
Turmush oʻrtogʻi Manuel Maurozomesning qizi Davlat Roziya Xotun
Barduliya Xotun
Farzandlari Kaykovus I
Qayqubod I
Muzaffariddin Numon
Toʻliq nomi
Gʻiyosiddin Kayxusrav ibn Qilij Arslon
Sulola Saljuqiy
Otasi Kilij Arslon II
Onasi Ummuhan Xotun
Dini Islom (Sunniy hanafiy)

Ismi

„Kayxusrav“ nomi afsonaviy Shohnoma qahramoni Kayxusrav ismidan kelib chiqqan.

Kelib chiqishi

Kayxusravning tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Kilij Arslonning (h. 1156–1192) oʻn birinchi va eng kenja oʻgʻli boʻlgan. Onasi Vizantiyadan kelib chiqqan. Kayxusrav yaxshi taʼlim olgan, oʻz ona tili turk tilidan tashqari, fors, arab va yunon tillarini ham oʻrgangan.

Turmushi

Kayxusrav Manuel Maurozomesning qiziga uylangan. Manuel Maurozomes Kayxusravning vassali sifatida Chonae va Laodicea qal’alarini boshqargan.

Hukmronlik

1192/93-yilda Kayxusrav Vizantiya zodagoni Theodore Mangaphasni, Mangaphasnga nisbatan boʻladigan munosabat kafolatlangach, imperator Isaakka qaytarib bergan. Akasi Rukniddin Sulaymonshoh Koʻniya tomon tezkor yurish boshlaganida, Kayxusraw 1196-yilda Konstantinopolga qochgan. 1197—1203-yillarda Konstantinopolda yashagan va ehtimol hatto choʻqintirilgan boʻlishi mumkin. Kayxusravning oʻzi yozgan masnaviy asarida oʻsha davrdagi taqdirini ilohiy omadidan (farr) ayrilgach, surgunda yurishga majbur boʻlgan afsonaviy eroniy qahramon Jam (Jamshid) taqdiri bilan qiyoslaydi.

Sulaymon vafotidan va Kilij Arslonning sultonlik taxtiga chiqishidan soʻng, Kayxusrav Koʻniyaga kuch bilan kirib borgan, Kilijni hokimiyatdan chetlatgan va ikkinchi bor taxtga oʻtirgan.

Kayxusraw 1207-yilda Antaliyani Nikeya imperiyasi garnizonidan tortib olib, Rum saljuqiy sultonligiga Oʻrta yer dengiziga chiqish imkonini beruvchi portni olib bergan. Aynan shu yili Kayxusrav Antaliyada masjid qurdirgan.

Kayxusraw 1211-yilda Meandr daryosi bo‘yidagi Antioxiya jangi halok boʻlgan. Uning Manuel Maurozomesning qizidan tugʻilgan oʻgʻli Kayqubod I 1220—1237-yillarda sultonlikni boshqargan. Nabirasi esa Kayxusrav II boʻlib, 1237—1246-yillarda hukmronlik qilgan. Kayxusravning jasadi Koʻniyaga olib kelingan va u yerda oʻz sulolasining ajdodlar maqbarasiga dafn etilgan.

Shaxsiyati

 
Antaliyada joylashgan Kayxusravning zamonaviy haykali. Muallif Meret Övezov

Rustam Shukurovga koʻra, Kayxusrav I „ikkiyoqlama nasroniy va musulmon shaxsiyatga ega boʻlgan. Bu shaxsiyat esa turkiy/forsiy va yunon etnik mansubligining ikkiyoqlamaligi bilan yanada murakkablashgan“.

Madaniyat

Kayxusrav fors tilida sheʼrlar yozgan. Muhammad ibn Ali Ravandiy (1207-yildan keyin vafot etgan) Saljuqiylar imperiyasi tarixiga bagʻishlangan Rahat as-sudur va-ayat as-surur nomli tarixiy asarini Kayxusravga bagʻishlagan.

Adabiyotlar

  • Beihammer, Alexander D. (2011). "Defection across the Border of Islam and Christianity: Apostasy and Cross-Cultural Interaction in Byzantine-Seljuk Relations". Speculum 86 (3 JULY): 597–651. doi:10.1017/S0038713411001138. 
  • Bosworth, C.E.. The New Islamic Dynasties. Columbia University Press, 1996. 
  • Brand, Charles M. (1989). "The Turkish Element in Byzantium, Eleventh-Twelfth Centuries". Dumbarton Oaks Papers 43: 1–25. doi:10.2307/1291603. 
  • Cahen, Claude (1997). "Kaykhusraw". The Encyclopaedia of Islam. IV. Brill. 
  • Crane, H. (1993). "Notes on Saldjūq Architectural Patronage in Thirteenth Century Anatolia". Journal of the Economic and Social History of the Orient 36 (1): 1–57. doi:10.1163/156852093X00010. 
  • Durand-Guédy, David. Turko-Mongol Rulers, Cities and City Life. Brill, 2013. ISBN 978-90-04-25700-9. 
  • Islam and Christianity in Medieval Anatolia. Ashgate Publishing Company, 2015. 
  • Özgüdenli, Osman G. (2017). "Gıyaseddin Keyhüsrev I". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3- nashri). Brill Online. ISSN 1873-9830. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-3/*-COM_32073. 
  • The Seljuks of Anatolia: Court and Society in the Medieval Middle East. I.B.Tauris, 2013. ISBN 978-0857733467. 
  • The Seljuks of Anatolia: Court and Society in the Medieval Middle East. I.B. Tauris, 2015. 
  • Treadgold, Warren T.. A History of the Byzantine State and Society. Stanford University Press, 1997. 
  • Van Tricht, Filip. The Latin Renovatio of Byzantium: The Empire of Constantinople (1204-1228). Brill, 2011. 
Oʻtmishdoshi:
Kilij Arslon II
Rum sultoni
1192—1196
Vorisi:
Sulaymon II
Oʻtmishdoshi:
Kilij Arslon III
Rum sultoni
1205—1211
Vorisi:
Kaykovus I

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kayxusrav i haqida ma’lumot. kayxusrav i nima? kayxusrav i nimani anglatadi?

Yuqori