Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Malika Diana (Diana Frances Spencer; 1961-yil 1-iyul – 1997-yil 31-avgust) Britaniya qirollik oilasi aʼzosi boʻlgan. Charles III ning (oʻsha paytda Uels shahzod

Malika Diana

Malika Diana (Diana Frances Spencer; 1961-yil 1-iyul – 1997-yil 31-avgust) Britaniya qirollik oilasi aʼzosi boʻlgan. Charles III ning (oʻsha paytda Uels shahzodasi) birinchi xotini va shahzodalar William va Harryning onasi edi.

Diana
Tugʻilishi Diana Frances Spencer
1961-yil 1-iyul
Angliya bayrogʻi Angliya
Vafoti 31-avgust 1997-yil(1997-08-31)
(36 yoshda)
Fransiya, Parij
Dafn etilgan joy 1997-yil 6-sentyabr
Althorp
Turmush oʻrtogʻi
Charles, Uels shahzodasi (keyinchalik Charles III)
(turm. 1981; ajr. 1996)
Farzandlari Shahzoda William va Shahzoda Harry
Uy Spencer oilasi (tugʻilgan)
Vindzorlar sulolasi (turmush qurgach)
Otasi John Spencer
Onasi Frances Shand Kydd
{{{signature_type}}} Diananing imzosi

Diana Britaniya zodagonlari oilasida tugʻilgan va qirollik oilasiga yaqin boʻlib oʻsgan, ularga tegishli Sandringham hududidagi Park Houseda yashagan. 1981-yilda bolalar bogʻchasi tarbiyachisining yordamchisi boʻlib ishlayotgan paytlarida, qirolicha Elizabeth II ning toʻngʻich oʻgʻli Charles bilan unashtirilgan. Ularning toʻyi 1981-yil iyul oyida Sent-Pol cherkovida boʻlib oʻtgan va Dianani Uels malikasiga aylantirgan. Juftlik William va Harry ismli ikki oʻgʻil farzand koʻrishgan boʻlib, ular oʻsha paytda Britaniya taxtiga vorislik boʻyicha ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallagan. Diananing Charles bilan turmushi ularning bir-biriga toʻgʻri kelmasligi va nikohdan tashqari munosabatlar tufayli yomonlashgan. Juftlik 1992-yilda, munosabatlarining buzilishi jamoatchilikka maʼlum boʻlganidan koʻp oʻtmay alohida yashay boshlashgan va 1996-yilda ajrashishgan.

Uels malikasi sifatida Diana qirolicha nomidan qirollik majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan va Hamdoʻstlik hududlaridagi vazifalarda uning nomidan vakillik qilgan. Media olamida goʻzalligi, uslubi, jozibasi, keyinchalik xayriya ishlariga noanʼanaviy yondashuvi bilan mashhur boʻlgan. Uning homiylik faoliyati dastlab bolalar va keksalarga qaratilgan boʻlsa-da, keyinchalik ikki muhim kampaniyada faol ishtirok etishi bilan tanilgan: biri OITS bemorlari haqidagi ijtimoiy qarashlar va ularni jamiyat tomonidan qabul qilinishiga, ikkinchisi esa Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi orqali targ‘ib etilgan yer osti minalarini yo‘q qilishga bagʻishlangan edi. Diana dastlab tortinchoqligi bilan ajralib turgan boʻlsa-da, xarizmasi va samimiyligi uni jamoatchilikka yaqinlashtirgan va turmushi buzilganiga qaramasdan, omma oldida obroʻsini saqlab qolishiga yordam bergan.

1997-yil avgustda Diana Parijda sodir boʻlgan avtohalokat oqibatdida vafot etgan. Bu voqea xalq orasida chuqur qaygʻu uygʻotgan va butun dunyo ommaviy axborot vositalarining katta eʼtiboriga sabab boʻlgan. Metropolitan politsiyasi tomonidan olib borilgan tekshiruvga koʻra, hodisaga haydovchining va Dianani taʼqib qilgan paparatsilarning qoʻpol beparvoligi sabab boʻlgan. Diananing jamiyatdagi oʻrni va taʼsiri Britaniya qirollik oilasi hamda umuman Britaniya jamiyatida chuqur va uzoq muddatli iz qoldirgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, malika diana haqida ma’lumot. malika diana nima? malika diana nimani anglatadi?

Yuqori