Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tomsen Vilgelm Lyudvig (dancha: Vilhelm Ludwig Peter Thomsen; 1842.25.1 Kopengagen 1927. 12.3) — daniyalik tilshunos, tarixchi.

Vilhelm Thomsen

Tomsen Vilgelm Lyudvig (dancha: Vilhelm Ludwig Peter Thomsen; 1842.25.1 Kopengagen 1927. 12.3) — daniyalik tilshunos, tarixchi.

Vilhelm Thomsen
Tavalludi 25-yanvar 1842
Vafoti 12-may 1927
Fuqaroligi Daniya

Kopengagen universiteti professor (1887— 1913). Daniya Qirolligi ilmiy jamiyati prezidenta (1909-yildan). Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy muxbir aʼzosi (1894).

Birinchi boʻlib UrxunYenisey yodgorliklarini oʻqigan (1893) va ularning qad. turkiy tillarga oidligini aniqlagan.

Qiyosiytarixiy tilshunoslik, finugor va turkiy tillarni oʻrganishga oid ilmiy asarlar yaratgan. Daniya tili lahjalari lugʻatini va shved tili lugʻatini tuzishda qatnashgan. "19-asr oxirigacha boʻlgan tilshunoslik tarixi" monografiyasi muallifi (1902, 1927; 2nashri, 1938-yilda rus tiliga tarjima kilingan). Bu asarida umuman til haqidagi bilimning taraqqiyoti jarayonini kamrab olishga, uni davrlashtirishga, lingvistik tafakkur rivojidagi asosiy tamoyillarni koʻrsatib berishga erishgan.

Shuningdek, T. "Qutadgʻu bilig" ning Vena kutubxonasida saqlanayotgan uygʻur yozuvidagi qoʻlyozmasi asosida asar nomining hozirgi transkripsiyasini taklif etgan. Bu transkripsiya koʻpchilik tomonidan, jumladan Oʻzbekistonda ham kabul qilingan.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, vilhelm thomsen haqida ma’lumot. vilhelm thomsen nima? vilhelm thomsen nimani anglatadi?

Yuqori