Shoislom Ismonovich Shoqosimov — oʻzbek diplomati va filolog. 2005-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi.
| Shoislom Ismonovich Shoqosimov | |
|---|---|
| Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi | |
| Mansab davri 2005-yildan – 2018-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Vorisi | Ergash Shoismatov |
| Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi | |
| Mansab davri 1998-yildan – 2003-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Shomansur Shohalilov |
| Vorisi | Baxtiyor Islomov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 2-dekabr 1951-yil Taraz, Qozogʻiston |
Biografiyasi
Qozog‘istonning Jambul shahrida tugʻilgan.
Toshkent universitetining filologiya fakultetini, KPSS MK huzuridagi siyosatshunoslik maktabini tamomlagan.
Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent viloyati qoʻmitasi mafkura boʻlimida ishlagan.
1994-yildan 1998-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
1998-yildan 2003-yilgacha — Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi.
2003-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2005-yildan 2018-yilgacha — Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi.
2018-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi energetika ishchilari kasaba uyushmasi raisining oʻrinbosari.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shoislom shoqosimov haqida ma’lumot. shoislom shoqosimov nima? shoislom shoqosimov nimani anglatadi?