Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Liviya choʻli — Afrikadagi tropik choʻl. Livianing sharqiy, Misrning gʻarbiy va Sudanning shimoliy hududlarida, Sahroi Kabirning shimoli-sharqiy qismi. Maydoni

Liviya choʻli

Liviya choʻli — Afrikadagi tropik choʻl. Livianing sharqiy, Misrning gʻarbiy va Sudanning shimoliy hududlarida, Sahroi Kabirning shimoli-sharqiy qismi. Maydoni 2 mln. km² chamasida. Shimoliy qismi qumtepalarning balandligi 300 m gacha boʻlgan qum bilan qoplangan pasttekislik. Shimoli-sharqida chuqur tektonik soyliklar (Kattara botigʻining yer yuzasi dengiz sathidan 133 m past) bor. Janubiy qismi balandligi 400–500 m, eng baland joyi 1934 m boʻlgan platodan iborat. Iklimi tropik choʻl iqlimi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 13—15°, iyulda 32—35°. Yillik oʻrtacha yogʻin 25 mm, shim.da 100 mm gacha, baʼzan bir necha yil yogʻin yogʻmaydi. Oʻsimlik kam. Vohalarda xurmo, shaftoli, oʻrik yetishtiriladi, donli ekinlar ekiladi. Chorva boqiladi. Fayyum va Harga vohalari temir yoʻl orqali Nil vodiysi bilan bogʻlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, liviya choʻli haqida ma’lumot. liviya choʻli nima? liviya choʻli nimani anglatadi?

Yuqori