Tohir Sodiqov – Oʻzbek musiqachisi, bastakori, aktyori va „Bolalar“ guruhi solisti. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Tohir Sodiqov xozirgacha „Nihol mukofoti“ va „Tarona“ kabi bir qancha nufuzli mukofotlar sohibidir. U qoʻshiqlarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida aytadi. Tohir Sodiqov Bolalar guruhi bilan AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan Oʻrta Osiyolik birinchi guruh hisoblanadi.
Tohir Sodiqov | |
|---|---|
![]() Tohir Sodiqov 2018-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi | 1-iyul 1973-yil Toshkent, Oʻzbek SSR |
| Janrlar | Rok, pop |
| Faoliyat yillari | 1989-bugun |
| Guruhlari | Bolalar |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Amplua | Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, produser, aktyor |
| Mukofotlari | |
Ijodi
Tohir Sodiqov musiqa maktabida oʻqimagan. Maktabda oʻqib yurgan chogʻlarida musiqaga ishtiyoqi tugʻilgan. Tohir Sodiqov va uning maktabdosh doʻstlari Ruslan Sharipov, Bahodir Poʻlatov va Javohir Zokirov 1989-yil Bolalar guruhiga asos solishgan. 1989-yil guruh Oʻzbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qoʻshiq bilan juda tez shuhrat qozongan. Tohir Sodiqov Ravshan Sobirov va „Bojalar guruhiga“ prodyuserlik qilgan.
„Bolalar“ guruhi
Bolalar guruhining ilk tarkibida Bahodir Poʻlatov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofiq Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar boʻlgan. Guruh aʼzolariga oʻzbek rock-n-roll qoʻshiqchisi Davron Gaipov va oʻsha paytda mashhur boʻlgan rus guruhi „Laskoviy May“ taʼsir koʻrsatishgan. „Laskoviy May“ va „Bolalar“ guruhlarini „90-yillarning afsonalari“ deb atashadi. „Laskoviy May“ning qoʻshiqchisi boʻlgan Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda, Bolalar guruhining 20 yilligiga bahshlangan konsertda birga duet aytishgan.
„Bolalar“ guruhi 1990-yil 23-fevralda „Alpomish“ sport saroyida (hozirgi „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ markazi) ilk marotaba katta sahnaga chiqqan. Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy rahbari boʻlgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi. 2000-yillarda Bolalar guruhining koʻp aʼzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarining soʻzini ham, musiqasini ham oʻzi yozadi.
Shaxsiy hayoti
Tohir Sodiqov 1973-yil 1-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi Sodiqov Bahromjon Sobirovich Tohir Sodiqov yosh bolaligida vafot etadi. Onasi Sodiqova Gulnur Mansurovna Tohir Sodiqovni yolgʻiz katta qiladi. Tohir 1980-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi 41-maktabda oʻqiydi. Ikki qiz va bir oʻgʻli bor. Soʻnggi yillarida „Kelajak Records“ musiqa yozish studiyasiga asos solgan. „Sen ketgan kundan“ klipida oilasi yaʼni turmush oʻrtogʻi, ikki qizi bilan Tohir Sodiqov suratga tushgan. Shogirdi Ravshan Sobirov va Renat Sobirov Tohir Sodiqovning amakivachchalaridir. Amakisi Alimjon Sobirov (Ravshan Sobirovning otasi). Jiyanlari Bekzod va Safina (Ravshan Sobirovning farzandlari). Sakina Sobirova (Ravshan Sobirovning rafiqasi). Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi).
Aktyorlik faoliyati
Tohir Sodiqov olti oʻzbek kinosida bosh rolni ijro etgan. Bular „Navroʻz ayyomi“, „Tohir va Zuhra yangi talqin 1, 2“, „Koʻzlaring maʼyus“, Jazo hamda Voy dod sumalak filmlaridir.
Filmografiyasi
Aktyor
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1999 | Navroʻz ayyomi | Tohir | Musiqiy film |
| 2000 | Tohir va Zuhra yangi talqin | Tohir | Musiqiy film |
| 2005 | Koʻzlaring maʼyus | Sardor | |
| 2006 | Voy dod sumalak | Tohir | Musiqiy film |
| 2007 | Jazo | Tohir Sodiqov | Kameo |
| 2010 | Ada emas, dada! (Tohir va Zuhra 2 yangi talqin) | Tohir | Musiqiy film |
| 2017 | Bolalar | Tohir | Hujjatli film |
| Yil | Serial nomi | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2015 | Bojalar drive | Tohir |
| Yil | Qoʻshiqchi | Ashula | Rol |
|---|---|---|---|
| 2000 | Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov | „Sevgilim“ | Tohir |
| 2001 | Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov | „Nozanin“ | Tohir |
| 2006 | Lola | „Qolaymi, ketaymi?“ | Tohir |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tohir sodiqov haqida ma’lumot. tohir sodiqov nima? tohir sodiqov nimani anglatadi?
