Janubiy bug (ukraincha: Півде́нний Буг) — Ukrainaning jan.gʻarbidagi daryo. Uzunligi 806 km. Havzasining mayd. 63,7 ming km2. Volin-Podoliya qirlaridan boshlanib, Qora dengizining Bug limaniga kuyiladi. Mavsumiy qor va yomgʻirlardan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 90 m3/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi. noyabrning boshidan yanvarning oʻrtalarigacha muzlaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Bakshala, Volk, Zgar, Rov, Kodima, Savranka, Chichikleya, chapda — Sob, Sinyuxa, Mertvovod, Ingul. Vinnitsa sh. yaqinida va Voznesensk sh.dan kema qatnaydi. J. b. sohilida Mykolaiv, Pervomaysk, Vinnitsa, Gayvoron, Xmelnitskiy sh.lari bor. GES qurilgan.
| Janubiy bug | |
|---|---|
| ukraincha: Півде́нний Буг | |
| |
| Tavsif | |
| Uzunligi | |
| Suv sarfi | m³/s |
| Davlat | Ukraina |
| Janubiy bug | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, janubiy bug haqida ma’lumot. janubiy bug nima? janubiy bug nimani anglatadi?
