Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Yaratganga shukur“ – 1997-yil suratga olingan mashhur oʻzbek filmi. Film oʻzbek va yapon kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan. U, shuningdek, 27 kunda

Yaratganga shukur

Yaratganga shukur“ – 1997-yil suratga olingan mashhur oʻzbek filmi. Film oʻzbek va yapon kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan. U, shuningdek, 27 kunda suratgan olingan film sifatida ham mashhur.

„Yaratganga shukur“
Rejissyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Prodyuser(lar) Bahodir Odilov
Makota Ueda
Sota Yamomota
Bastakor(lar) Mirhalil Mahmudov
Operator(lar) Najmiddin Gʻulomov
Chiqarilgan sanasi 1997-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Tarixi

1997-yili Yaponiyaning NHK korporatsiyasi 16 davlatdan maxsus konferensiya uchun saralagan yosh rejissorlar orasida Zulfiqor Musoqov ham bor edi. Konferensiya tashkilotchilarining talabiga koʻra, har bir rejissor oʻz xalqi hayoti haqida ssenariy yozishi taklif etilgan. Zulfiqor Musoqov rejissor Sakkey Imamuraga „Yaratganga shukr“ nomli ssenariyni koʻrsatganida u tanlov raisiga maʼqul kelgan va uning asosida film suratga olinishi belgilangan. Film 27 kunda suratga olingan va ilk namoyishi Tokiodagi „Osiyo filmlari“ kinofestivalida boʻlib oʻtgan.

„Yaratganga shukr“ filmi va „Kichkina tabib“ oldinma-ketin suratga olingan boʻlib, „Yaratganga shukr“ filmini tasvirga olish ijodiy jamoaning rejasida boʻlmagan. Ijodiy jamoa eʼtibori „Kichkina tabib“ga qaratilgan bir paytda „Yaratganga shukr“ filmini suratga olishga majbur boʻlishgan. Film oʻzbek va yapon kino muxlislari tomonidan iliq qabul qilingan.

Mavzusi

Film bosh qahramoni oddiy hisobchi Sodiqjon. U pessimist va moʻjizalarga ishonmaydigan shaxs. Ammo, aynan u oʻzida moʻjiza va sehr amalga oshirish qobiliyati mavjudligini kashf etadi. Buning uchun unga „Men xohlayman…“ deyishi kifoya.

Rollarda

Asosiy rollarda Behzod Muhammadkarimov, Venera Nigmatullina, Choʻlponbek Bozarbaev, Kulyay Muratalieva, Ashir Chokubaev, Akjoltoy Kochkorbaev, Denizbek Chalapinov, Idris Noʻgʻaybaev, Davlet Nurgʻoziev, Rustam Yusupov, Jumadulla Rametov kabi aktyorlar oʻrin egallagan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yaratganga shukur haqida ma’lumot. yaratganga shukur nima? yaratganga shukur nimani anglatadi?

Yuqori