Dusanov Zohid Abduqayumovich (oʻzbekcha: Дусанов Зоҳид Абдуқаюмович; 1976-yil 10-iyun, Samarqand viloyati Payariq tumani) – 2011—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasining raisi. Polkovnik.
| Dusanov Zoxid Abdukayumovich | |
|---|---|
Дўсанов Зоҳид Абдуқаюмович | |
| Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Bоjхоnа qoʻmitаsi rаisi | |
| Mansab davri 2011-yil 2-fevral – 2016-yil 20-dekabr | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sodirxon Nosirov |
| Vorisi | Muidjon Tohiriy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-iyun 1976-yil OʻzSSR, Samarqand |
| Mukofotlari | |
| Xizmat yillari | 1999-2018 |
| Unvoni | Polkovnik |
Biografiyasi
- 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
- 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
- 1998—2001-yillarda – Samarqand viloyati prokuraturasining ish oʻrganuvchisi, tuman prokurorining yordamchisi, tuman prokuraturasining tergovchisi.
- 2001—2002 – Samarqand viloyati prokuraturasi Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi qonunbuzarliklarga qarshi kurash boʻlimi katta tergovchisi, Samarqand viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta tergovchisi.
- 2002—2005-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bosh boshqarmasi katta tergovchisi.
- 2005—2006-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
- 2006—2008-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari – axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
- 2008—2011-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
- 2011-yil 2-fevraldan 2016-yil 20-dekabrgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bоjхоnа qoʻmitasi raisi.
- 2016-yildan 2018-yilgacha – Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
- 2012-yildan 2018-yilgacha – Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi Prezidenti.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, zohid dusanov haqida ma’lumot. zohid dusanov nima? zohid dusanov nimani anglatadi?