Yevgeniy Maksimovich Primakov (29-oktyabr 1929 — 26-iyun 2015, Moskva) — SSSR va Rossiya davlat arbobi, hukumat raisi (1998—1999), tashqi ishlar vaziri (1996—1998), razvedka markazi direktori (1991—1996), SSRI Oliy Soveti Raisi (1989—1990).
| Yevgeniy Maksimovich Primakov | |
|---|---|
Примаков Евгений Максимович | |
![]() 1997-yilda | |
| Mansab davri 1998-yil 11-sentyabrdan – 1999-yil 12-maygacha | |
| Prezident | Boris Yeltsin |
| Oʻtmishdoshi | Sergey Kiriyenko, Viktor Chernomirdin (v. b.) |
| Vorisi | Sergey Stepashin |
| Mansab davri 1996-yil 9-yanvardan – 1998-yil 11-sentyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Viktor Chernomirdin Sergey Kiriyenko, Viktor Chernomirdin (v. b.) |
| Prezident | Boris Yeltsin |
| Oʻtmishdoshi | Andrey Kozirev |
| Vorisi | Igor Ivanov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 29-oktyabr 1929-yil Moskva |
| Vafoti | 26-iyun 2015-yil (85 yoshda) |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Moskva sharqshunoslik institutining arab bo'limini (1953) va Moskva davlat universitetining Iqtisodiy fakultetini (1956) bitiruvchisi.
1956-yilda Primakov SSSR fanlar akademiyasi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti (IMEMO) ilmiy xodimi.
1956-1962-yillarda SSSR davlat televideniye va radio agentligi Arab mamlakatlari bo’limida bosh muharrir o'rinbosari.
1962-yila — IMEMO katta ilmiy xodimi.
1962-yilda "Pravda" gazetasi Osiyo va Afrika mamlakatlari bo'limida ishlagan.
1965-yilda "Pravda Vostoka" gazetasi bosh muharriri o'rinbosari.
1969-yilda Iroq prezidenti Saddom Husayn bilan tanishgan.
1969-yil "Misrning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi" mavzuida nomzodlik ishini himoya qildi.
1970-1977-yillarda — IMEMO direktori o'rinbosari.
1977-1985-yillarda — SSSR FA Sharqshunoslik instituti direktori.
1979-yilda — shu bilan bir vaqtda Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik Akademiyasi kafedra mudiri.
1985-1989 — SSSR Fanlar Akademiyasi IMEMO direktori.
1988-1989 - SSSR Oliy soveti raisi o'rinbosari.
1989-1991 SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi raisi.
1990—1991 — SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyovning Kengashi a’zosi.
1991-1991 - SSSR xavfsizlik kengashi a’zosi.
1991-yilda — SSSR KGB Birinchi bosh boshqarmasi rahbari.
1991-yilda — SSSR Markaziy razvedka xizmati rahbari.
1991-yildan 1996-yilgacha Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori.
1996-yil 9-yanvarda Primakov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.
1998-yil 10-sentabrda Bosh Vazir etib tayinlandi.
1999-yil 24-mart kuni Vashingtonga AQSH Vitse-prezidenti Al Gore bilan muzokaralarga rasmiy tashrif bilan uchayotgan payti, Atlantika okeani ustida telefon orqali NATO tomonidan Yugoslaviyaga urush e’lon qilinganini eshitib, samolyotni darhol orqaga qaytaradi.
1999-yil 12-mayda Primakov hukumat raisi lavozimidan ketdi.
2001-2011 yy. — Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
Mukofotlari
1975-yil – Mehnat Qizil Bayroq ordeni.
1979-yil – Xalqlar doʻstligi ordeni.
1980-yil – SSSR Davlat mukofoti laureati.
1982-yil – Tbilisining faxriy fuqarosi.
1985-yil – „Hurmat Belgisi“ ordeni.
1995-yil – 3-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni.
1998-yil – 2-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni – davlat oldidagi xizmatlari va Rossiya tashqi siyosatini olib borishga qoʻshgan katta hissasi uchun.
2001-yil – Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Dnestryanı maqomi boʻyicha muzokaralar jarayonini oʻrnatish bilan bogʻliq vazifalarni muvaffaqiyatli va sifatli amalga oshirganliklari uchun minnatdorchiliklari.
2004-yil – Rossiya Federatsiyasi hukumatining Faxriy yorligʻi – davlat oldidagi xizmatlari, koʻp yillik samarali mehnati va tavalludining 75 yilligi munosabati bilan.
2004-yil – Moskva Viloyat Dumasining Faxriy yorligʻi – Moskva viloyatining davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ilgari surishdagi xizmatlari uchun va tavalludining 75 yilligi munosabati bilan.
2004-yil – „Shon-sharaf“ ordeni – Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun.
2009-yil – 1-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni - xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Rossiya Federatsiyasining tashqi iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashda davlat oldidagi ulkan xizmatlari va koʻp yillik samarali ilmiy faoliyati uchun.
2014-yil – Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati – 2013-yilda gumanitar faoliyat sohasidagi ulkan yutuqlari uchun.
2014-yil – Aleksandr Nevskiy ordeni – mehnatdagi yutuqlari, koʻp yillik vijdonli mehnati va faol ijtimoiy faoliyati uchun.
Doʻstlik ordeni (Tojikiston, 1999)
5-darajali Knyaz Yaroslav Donishmand ordeni (Ukraina, 2004 yil 27 oktyabr) – Ukraina-Rossiya iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi uchun va tavalludining 75 yilligi munosabati bilan
Xalqlar doʻstligi ordeni (Belarus, 2005-yil 22-mart) – Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun
„Danaker“ ordeni (Qirgʻiziston, 2005-yil 22-dekabr) – Qirgʻiziston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi uchun
1-darajali „Doʻstlik“ ordeni (Qozogʻiston, 2007)
„Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ lentali yirik oltin faxriy orden (Avstriya, 2007)
Respublika ordeni (Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi, 2009)
Bernardo O'Higgins ordeni (Chili, 2009)
Birdamlik ordeni (Kuba, 2010)
„Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ yubiley medali (2012)
Quddus yulduzi ordeni (Falastin milliy maʼmuriyati, 2014).
Asarlari
- «Страны Аравии и колониализм» (1956);
- «Международные конфликты шестидесятых и семидесятых» (1972);
- «Египет: время Насера» (1974, 1981);
- «Ближний Восток: пять путей к миру» (1974);
- «Энергетический кризис: подход советских учёных» (1974);
- «Энергетический кризис в капиталистическом мире» (1975);
- «Анатомия ближневосточного конфликта» (1978);
- «Новые явления в энергетике капиталистического мира» (1979);
- «Восток после краха колониальной системы» (1982);
- «Восток: рубеж 80-х» (1983);
- «История одного сговора: ближневосточная политика США в 70-е — нач. 80-х» (1985);
- «Очерки истории российской внешней разведки» (1996);
- «Годы в большой политике» (1999);
- «Восемь месяцев плюс…» (2001);
- «Мир после 11 сентября» (2002);
- «Конфиденциально: Ближний Восток на сцене и за кулисами» (2006, 2-е изд. 2012);
- «Минное поле политики» (2006);
- «Мир без России? К чему ведёт политическая близорукость» (2009);
- «Мысли вслух». М.: Российская газета, 2011. 207 с., 15 000 экз., ISBN 978-5-905308-03-1;
- «Россия. Надежды и тревоги». М.: Центрполиграф, 2015., ISBN 978-5-227-05735-8;
- «Встречи на перекрёстках». М.: Центрполиграф, 2015. 607 с., ISBN 978-5-227-05739-6;
- «Ближний Восток на сцене и за кулисами. Конфиденциально». М.: Центрполиграф, 2016., ISBN 978-5-227-05792-1.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yevgeniy primakov haqida ma’lumot. yevgeniy primakov nima? yevgeniy primakov nimani anglatadi?

