Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Laziz Qudratov – Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh

Laziz Qudratov

Vikipediyada ismi Laziz va familiyasi Qudratov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Laziz Qudratov – Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.

Laziz Qudratov
Лазиз Қудратов
Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri
Mansab davri
2022-yil 30-dekabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Xoʻjayev
1-Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori
Mansab davri
2021-yil 18-avgust – 2022-yil 30-dekabr
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
2017-yil iyun – 2021-yil 18-avgust
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1981-yil
Toshkent, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Hosei universiteti (Yaponiya)

Bolaligi

1981-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

Faoliyati

U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.

Laziz Qudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi raisining Birinchi oʻrinbosari etib saylandi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. 2019-yilning yanvarida qoʻmita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir oʻrinbosari lavozimida ishlashni boshladi.

Avvalgi birinchi oʻrinbosar Sunnatulla Bekenov oldinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangandi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Qudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi. Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Qudratov konferensiyada nutq soʻzladi.

2022-yilning 2-avgust kunida Qudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi. U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, laziz qudratov haqida ma’lumot. laziz qudratov nima? laziz qudratov nimani anglatadi?

Yuqori