Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yelena Yevgenyevna Romanovskaya (1890.24.5. hozirgi Leningrad viloyati Pushkin shahri — 1947.22.11, Toshkent) — musiqiy folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻr

Yelena Romanovskaya

Yelena Yevgenyevna Romanovskaya (1890.24.5. hozirgi Leningrad viloyati Pushkin shahri — 1947.22.11, Toshkent) — musiqiy folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1917-yildan Oʻzbekistonda yashagan. Leningrad konservatoriyasini tugatgach (1929), Toshkent musiqa bilim yurtida (1929—36), Toshkent konservatoriyasida (1936-yildan) pedagog, "Oʻzbek musiqasi" kursini yaratgan. Oʻzbek ayollar qoʻshiqlari, Xorazm maqomlari, dutor kuylarini notaga yozib olib, nashr ettirgan ("Xorazm klassik musiqasi", T., 1939; "Oʻzbek laparlari" T., 1941; "Oʻzbek cholgʻu musiqasi", T., 1948 va boshqalar). Bular orasida 2 jildli "Oʻzbek xalq qoʻshiqlari" (T., 1939, I. Akbarov bilan hamkorlikda) toʻplamining ahamiyati katta.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yelena romanovskaya haqida ma’lumot. yelena romanovskaya nima? yelena romanovskaya nimani anglatadi?

Yuqori