Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

BRITISH PETROLEUM (British Petroleum) — Buyuk Britaniyadagi eng yirik neft monopoliyalaridan biri. 1909-yilda tashkil etilgan. 38% aksiyasi davlatga tegishli. A

British petroleum

BRITISH PETROLEUM (British Petroleum) — Buyuk Britaniyadagi eng yirik neft monopoliyalaridan biri. 1909-yilda tashkil etilgan. 38% aksiyasi davlatga tegishli. AQSH (Alyaska) (60%) va Shimoliy dengizdan (40%) neft qazib oladi, 25 mamlakatda neftni qayta ishlaydigan korxonalari bor. Gʻarbiy Yevropaning bir nechta mamlakatlari hududidan oʻtgan yirik neft quvurlarining egasi hisoblandi. Monopoliya yiliga 77,5’ mln. t neft qazib oladi, 96,2 mln. t neftni qayta ishlaydi. Keyingi vaqtlarda „British petroleum“ kimyo korxonalarini rivojlantirish uchun katta mablagʻ sarf qilmoqda. Yillik savdo hajmi 46,2 mlrd. dollar, sof foydasi 2,2 mlrd. dollardir.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, british petroleum haqida ma’lumot. british petroleum nima? british petroleum nimani anglatadi?

Yuqori