Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Falsafada, Okkam ustarasi muammo yechish prinsipi boʻlib, tushuntirish olib borish uchun eng kam miqdordagi gap yoki soʻzdan foydalanish – bu eng toʻgʻri tanlov

Okkam ustarasi

Falsafada, Okkam ustarasi muammo yechish prinsipi boʻlib, tushuntirish olib borish uchun eng kam miqdordagi gap yoki soʻzdan foydalanish – bu eng toʻgʻri tanlov hisoblanadi. Ushbu prinsip Parsimoniya prinsipi yoki Parsimoniya qonuni (lotincha: lex parsimoniae) deb ham tanilgan. Garchi oʻn toʻrtinchi asrda yashagan ingliz faylasufi va teologi Okkam hech qachon „Mavjud narsalar zaruratdan ortiq koʻpaytirilishi mumkin emas“ (lotincha: „Entia non sunt multiplicanda praeter necessitatem“) iborasini ishlatmagan boʻlsada, ushbu prinsip uning nomi bilan bogʻlanadi. Asosan, bu prinsip „eng oddiy tushuntirish odatda eng yaxshisi“ deb tarjima qilinadi. Ushbu falsafiy ustara bir xil bashorat haqida raqobatli gipotezalar bilan taqdim etilgan vaziyatda, har ikki nazariya ham teng holatda tushuntirilganda, kamroq taxminlarni talab qiladigan gʻoyaga afzallik berish kerak ekanligi va bu turli bashoratlar qiladigan gʻoyani tanlash usuli mavjud boʻlmasligi kerakliligini taʼkidlaydi.

Tarixi

Okkam ustarasi iborasi Okkamlik Uilyamning oʻlimidan bir necha asr oʻtgach paydo boʻlgan. Libert Froydmont oʻzining „Ruh falsafasi Xristianlikda“ asarida „novacula occami“ iborasini ishlatadi. Okkam ushbu tamoyilni ixtiro qilmagan boʻlsada, iboraning mashhurligi va iboraning uning ismi bilan bogʻlanganligi – u ushbu tamoyilni tez-tez ishlatgani va samaradorligiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Okkam ushbu tamoyilni turli yoʻllar bilan bayon etgan, ammo tushuntirishlar orasida eng mashhur versiyasi – „Mavjud narsalar zaruratsiz koʻpaytirilmaydi“ (Non sunt multiplicanda entia sine necessitate) boʻlib, irland faylasufi Jon Punch tomonidan Duns Scotus asarlariga 1639-yilda sharh bergan vaqtida foydalanilgan.

Okkamlik Uilyamdan avvalgi izohlar

 
Jon Duns Skotning „Komentaria oxoniensia ad IV libros magistri Sententiarus“ kitobidan olingan sahifaning bir qismi: „Pluralitas non est ponenda sine necessitate“, yaʼni „Ortiqchalikdan zaruratsiz foydalanish mumkin emas“ degan soʻzlarni koʻrsatadi

Okkam ustarasiga oʻxshash versiyalar kelib chiqishi John Duns Scotus (1265-1308), Robert Grosseteste (1175-1253), Maimonid (Moses ben-Maimon, 1138-1204), va hatto Aristotel (384-322 BC) kabi avvalgi faylasuflarning ishlariga bogʻlanadi. Ptolemey (mil. 90-168) shunday deb aytdi: „Biz hodisalarni eng sodda gʻoyalar bilan tushuntirishni yaxshiroq prinsip deb hisoblaymiz“. Okkam ustarasiga misol boʻladigan iboralar 13-asrdagi adabiyotlarda koʻp ishlatilgan. Thomas Aquinas(1225-1274) oʻzining „Summa Theologica“ asarida „bir necha prinsiplar bilan tushuntirilishi mumkin boʻlgan narsalarni koʻp narsa bilan yaratilgan deyish ortiqcha“ deb yozgan. Aquinas Xudoning mavjudligiga qarshi fikrlar berish uchun ushbu prinsipdan foydalanadi, bu qarshilik esa unga oʻz navbatida oʻz uslubida javob beradi va rad etadi. Shuning uchun, Aquinos bugungi kunda „Okkam ustarasi“ nomini olgan tamoyilni tan oladi, ammo ayrim oddiy tushuntirishlarga sababi bilan tushuntirishni afzal koʻradi.

Okkamlik Uilyam

 
Okkamlik Uilyamning qoʻlyozma illyustratsiyasi

Okkamlik Uilyam(taxminan 1287-1347) ingliz teologi, oʻrta asr faylasufi va nominalisti edi. Uning buyuk faylasuf sifatida mashhurligi asosan uning nomi bilan bogʻlanadigan Okkam ustarasiga asoslangan.

Keyingi izohlar

Isaak Nyutonning soʻzlariga koʻra, „Biz tabiiy narsalarning koʻrinishi aniq va tushunarli boʻlganda, ularning sabablarini qidirmasligimiz kerak. Shuning uchun biz iloji boricha bir turdagi tabiiy taʼsirlarga bir turdagi sabablarni keltirishimiz kerak“. N. Nyuton ushbu yondashuvining muvaffaqiyatini oʻzining xulosasida tasdiqlaydi. Bertrand Rassell Okkam ustarasi uchun oʻzining alohida versiyasini taklif qiladi: „Qachonki imkoni boʻlsa, maʼlum narsalarni nomaʼlumga oʻzgartiradigan qoʻshimcha narsa qoʻshmasligimiz kerak“.

Foydalanilishi

Ilm-fan va ilmiy uslub

 
Andreas Cellariusning „Harmonia makrokosmik“ kitobidagi(1660 yil) Kopernik tizimining tasvirlanishi. . Bu tizim haqida Kopernik oʻzining De revolutionibus orbium coelestium kitobining birinchi nashrida yozgan.

Ilm-fanda, Okkam ustarasi nashr etilgan modellar oʻrtasida hakam sifatida emas, balki nazariy modellarni ishlab chiqaradigan olimlarni yoʻnaltirish uchun evristik vosita sifatida ishlatiladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, okkam ustarasi haqida ma’lumot. okkam ustarasi nima? okkam ustarasi nimani anglatadi?

Yuqori