Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatov – 2019-yildan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari. 2013-2018-yillarda Xalq taʼlimi vaziri.
| Ulugʻbek Ilyasovich Inoyatov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2011-yildan – 2013-yilgacha | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri | |
| Mansab davri 2013-yildan – 2018-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Temur Shirinov |
| Vorisi | Sherzod Shermatov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-may 1962-yil Toshkent |
| Kasbi | muhandislik |
| Ilmiy unvoni | pedagogika fanlari nomzodi |
Biografiyasi
Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovich 1962-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan, 1998-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent politexnika institutida assistent sifatida boshlab, 1993-yillga qadar ushbu muassasada assistent va aspirant vazifalarida faoliyat yuritgan.
1993—1999-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida dekan muovini, dekan, 1999—2003-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati Taʼlim va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha guruhining bosh konsultanti, 2006—2011-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2011—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.
2013—2018-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi boʻlgan.
2018—2019-yillarda Namangan davlat universiteti rektori vazifalarida ishlagan.
2019-yildan Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi. 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda..
Mukofotlari
Shuhrat medali va Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
Tanqidlar
2019-yildagi saylov kampaniyasi davrida deputatlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatovning „Toshkentda 5 bolali oila 2 yarim million soʻm oylikka (taqriban 210 AQSh dollari) yashay oladi“, soʻzlari uchun keskin tanqidlarga uchragan edi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ulugʻbek inoyatov haqida ma’lumot. ulugʻbek inoyatov nima? ulugʻbek inoyatov nimani anglatadi?

