Ulugʻ muhammad (? 1445) – Oltin Oʻrda xoni (1419—37, tanaffuslar bilan), Qozon xonligi asoschisi, Jaloliddinning oʻgʻli, Toʻxtamishning nabirasi. Idiqu (Yedigey) vafotidan soʻng, Oltin Oʻrda taxtini egallab, 1419—23-yillarda Oʻzbek ulusiga (Joʻji ulusining sharqiy qismi) ega boʻlish uchun (temuriy Shohrux bilan boʻlgan ittifoqqa suyangan holda) Baroq bilan qattiq kurash olib borgan. Baroqdan magʻlub boʻlgach, 1423-yil Volga Bulgʻoriyasiga qochgan, lekin 1426-yil Litva buyuk knyazi Vitovt koʻmagida yana Oltin Oʻrda taxtiga oʻtirgan. 1428-yil turk sultoni Murod II bilan doʻstona aloqa oʻrnatib, Qrimni oʻz hokimiyatiga tobe etgan. 1433-yil Moskva knyazi Vasiliy II Vasilyevichga ulugʻ knyazlik yorligʻini bergan. Oʻzaro ichki kurashlardan zaiflashgan va mamlakat ichkarisida oʻziga mustahkam tayanch topa olmagan Ulugʻ Muhammad 1437-yil taxtni Kichik Muhammadga berishga majbur boʻlgan. Oka daryosi boʻyidagi Belov shahriga qochgan, 1438-yil oʻz oʻrdasi bilan Oʻrta Volgaga koʻchgan va Volga Bulgʻoriyasi aholisini boʻysundirib, Yangi Qozon xonligini barpo etgan. Shim.Sharqiy Rusga bir necha bor yurishlar qilgan (1439-yil Moskvaga, 1444—45-yillarda Murom, Ryazan va Suzdalga). 1445-yil Moskva ulug knyazi Vasiliy II ni asir olgan. Ulugʻ muhammad sulolasi 1521-yil barham topgan.
| Ulugʻ muhammad | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1405 |
| Vafoti | 1445 |
| Otasi | Q4205491? |
Yana qarang
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ulugʻ muhammad haqida ma’lumot. ulugʻ muhammad nima? ulugʻ muhammad nimani anglatadi?
