Santo-domingo (1936-1961-yillarda SyudadTruxilo deb nomlangan) — Dominikana Respublikasi poytaxti. Gaiti orolining janubi-sharqiy qismida, Karib dengizi sohilida joylashgan. Iqlimi - tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 25—27°. Yillik yogʻin 1500 mm. Aholisi - 1,6 mln. kishi (1990-yillaroʻrtalari). Mamlakatning asosiy porti; chetga shakarqand, koʻnteri, qimmatbaho yogʻoch chiqariladi. 3 yirik shosse yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari bor. Xalqaro kurort va turizm markazi. Santo-domingo — yevropaliklar tomonidan asos solingan Gʻarbiy yarim shardagi qad. shaharlardan. Shahar X. Kolumbning ukasi B. Kolumb tomonidan kurila boshlagan va Yangi Izabella deb nomlangan. 1844-yildan Dominikana Respublikasi poytaxti. 1916—24 yillarda AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qilib turgan. 1930-yilda Santo Domingo kuchli dovul natijasida vayron boʻlgan. 1936-yilgacha qayta tiklangan. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qasr-saroy, Xristofor Kolumb dafn qilingan sobor, monastirlar va hokazolar saqlangan. Santo Domingoda muxtor universitet, milliy universitet, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, milliy muzey, Nafis sanʼat maktabi va galereyasi, teatr, mehmonxonalar bor.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, santo-domingo haqida ma’lumot. santo-domingo nima? santo-domingo nimani anglatadi?