UEFA Yevro 2024 (inglizcha: 2024 UEFA European Football Championship yoki EURO 2024, olmoncha: 2024 UEFA-Fußball-Europameisterschaft ) — Futbol boʻyicha oʻn yettinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2024-yilning 14-iyunidan 2024-yilning 14-iyuligacha Germaniyada oʻtkazilgan. Musobaqa gʻolibi 2025-yilgi KONMEBOL – UEFA Chempionlar Kubogida 2024-yilgi Amerika Kubogi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Turnirda 24 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Gruziya terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor Yevropa chempionatida ishtirok etgan.
| Fußball-Europameisterschaft 2024 (olmoncha) | |
|---|---|
![]() United by Football. Vereint im Herzen Europas. (Yevropaning yuragida birlashgan.) | |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Mezbon davlat | Germaniya |
| Sana | 14-iyun–14-iyul |
| Jamoalar | 24 |
| Bellashuv joylari | 10 (10 ta shaharda) |
| Yakuniy natijalar | |
| Chempionlar | |
| 2-oʻrin | |
| Statistika | |
| Oʻyinlar soni | 51 |
| Gollar soni | 117 (har oʻyinda oʻrtacha 2.29 ta) |
| Muxlislar soni | 2 681 288 (har oʻyinda oʻrtacha 52 574 ta) |
| Toʻpurar(lar) |
|
| Eng yaxshi oʻyinchi | |
| Eng yaxshi yosh oʻyinchi | |
| Avvalgisi | 2020 |
| Keyingisi | 2028 |
Germaniya uchinchi marta Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi. 1988-yilgi Yevropa chempionati G'arbiy Germaniyada oʻtkazilgan. Yevro-2020ning (2020-yilgi Yevropa chempionati oʻyinlari 11 ta davlat hududida oʻtkzilgan) to'rtta o'yini Münchenda o'tkazilgan. 2006-yilgi jaahon chempionatidan keyin Germaniya mezbonligida bu darajadagi yirik musobaqa oʻtkazilmagan.
Italiya Yevropaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Italiya terma jamoasi 2020-yilgi turnir finalda Angliyani penaltilar seriyasida magʻlub etgan.
Turnir mezbonini aniqlash
2017-yil 8-mart kuni UEFA Germaniya va Turkiya davlatlari musobaqani oʻtkazish istagi borligi haqida maʼlum qilganligini ommaga ochiqlagan.
Mezbon UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan tanlab olingan. Turninr mezbonligini qoʻlga kiritish uchun moxfiy ovoz berish jarayonida eng koʻp ovoz toʻplash talab etilgan. Agar ovozlar teng bo'lib qolsa, yakuniy qaror UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin tarafidan eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan edi. UEFA Ijroiya qo'mitasidagi 20 a'zodan Reinhard Grindel (Germaniya) va Servet Yardımcı (Turkiya) mezbonlikka daʼvogar ikki davlatdan boʻlgani sababli ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan. Lars-Christer Olsson (Shvetsiya) esa betobligi tufayli mazkur jarayonda qatnasha olmagan. Jami 17 kishi Yevropa chempionati mezbonini aniqlash uchun oʻtkazilgan ovoz berish jarayonida ishtirok etgan.
Mezbon 2018-yil 27-sentabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida aniqlangan. Germaniya dastlab Yevro-2020ga to'liq mezbonlik qilishni rejalashtirgan edi. Ammo 2012-yil may oyiga qadar bu masalada hech qanday harakat amalga oshirmagan.
| Mamlakat | Ovozlar |
|---|---|
| Germaniya | 12 |
| Turkiya | 4 |
| Betaraf | 1 |
| Jami | 17 |
Joylar
Germaniya hududida Yevropa chempionati o'yinlarini oʻtkazish uchun talabga (minimal sig'im: 30.000 kishi) javob beradigan koʻplab stadionlar mavjud edi.
Yevro-2024 uchun tanlangan o'nta maydondan to'qqiztasida (Berlin, Dortmund, München, Kyoln, Stuttgart, Gamburg, Leipzig, Frankfurt va Gelsenkirchen shaharlaridagi stadionlar) JCh-2006 oʻyinlari oʻtkazilgan. Düsseldorf shahridagi stadiondan 2006-yilda foydalanilmagan, lekin 1974-yilgi jahon chempionati va Yevro-1988ning bir nechta oʻyinlari mazkur stadionda oʻtkazilgan. 2006-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Hannover, Nyurnberg va Kaiserslautern shaharlaridagi stadionlardan bu chempionat uchun foydalanilmaydi. Shuningdek, München, bir nechta davlat mezbonligida oʻtkazilgan Yevro-2020 turniriga mezbonlik qilgan shaharlardan hisoblanadi. Bu shaharda to'rtta o'yin (uchtasi Germaniya ishtirokida) oʻtkazilan va mazkur bahslarga COVID-19 cheklovlari tufayli juda kam tomoshabin tashrif buyurgan.
Bremen va Mönchengladbachdagi stadionlar Yevro-2024ni oʻtkazish uchun tanlangan staqdionlar qatoriga kiritilmagan. Joylar Germaniyaning katta qismini qamrab olgan. Yevro-2024 musobaqasi oʻtkaziladigan joylar soni eng koʻp boʻlgan hudud Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatidagi Rhine-Ruhrr metropolitan mintaqasi hisoblanadi. Oʻnta mezbon shahardan toʻrttasi (Dortmund, Düsseldorf, Gelsenkirchen va Kyoln) mazkur hududda joylashgan.
| Berlin | München | Dortmund | Stuttgart |
|---|---|---|---|
| Olympiastadion | Munich Football Arena | BVB Stadion Dortmund | Stuttgart Arena |
| Sigʻimi: 70,000 | Sigʻimi: 66,000 | Sigʻimi: 62,000 | Sigʻimi: 51,000 |
| Gelsenkirchen | class=notpageimage| UEFA Yevro-2024 musobaqasi oʻtkaziladigan shaharlarning joylashuvi. | Frankfurt | |
| Arena AufSchalke | Frankfurt Arena | ||
| Sigʻimi: 50,000 | Sigʻimi: 47,000 | ||
| Hamburg | Düsseldorf | Cologne | Leipzig |
| Volksparkstadion | Düsseldorf Arena | Cologne Stadium | Leipzig Stadium |
| Sigʻimi: 49,000 | Sigʻimi: 47,000 | Sigʻimi: 43,000 | Sigʻimi: 40,000 |
Jamoalar bazalari
Har bir terma jamoaga musobaqa davomida istiqomat qilish va mashgʻulot oʻtkazish uchun alohida hudud ajratilgan.
| Jamoa | Shahar | Mashgʻulot maydoni |
|---|---|---|
| Albaniya | Kamen | SportCentrum Kaiserau |
| Avstriya | Berlin | Mommsenstadion |
| Belgiya | Ludwigsburg | Wasenstadion, SGV Freiberg am Neckar |
| Xorvatiya | Neuruppin | Volksparkstadion, MSV Neuruppin |
| Chexiya | Hamburg | Edmund-Plambeck-Stadion, FC Eintracht Norderstedt 03 |
| Daniya | Freudenstadt | Hermann-Saam-Stadion |
| Angliya | Blankenhain | Golfresort Weimarer Land |
| Fransiya | Bad Lippspringe | Home Deluxe Arena, SC Paderborn 07 |
| Gruziya | Velbert | Stadion Velbert, SSVg Velbert |
| Germaniya | Herzogenaurach | Adidas Campus/HomeGround |
| Vengriya | Weiler-Simmerberg | Tannenhof Resort, Sport & Spa |
| Italiya | Iserlohn | Hemberg-Stadion |
| Niderlandiya | Wolfsburg | AOK Stadion, VfL Wolfsburg (women) |
| Polsha | Hannover | Eilenriedestadion |
| Portugaliya | Harsewinkel | Hotel-Residence Klosterpforte Marienfeld / Sports grounds |
| Ruminiya | Würzburg | Akon Arena, FC Würzburger Kickers |
| Shotlandiya | Garmisch-Partenkirchen | Stadion am Gröben |
| Serbiya | Augsburg | Rosenaustadion, FC Augsburg (Women) |
| Slovakiya | Mainz | Bruchwegstadion, 1. FSV Mainz 05 |
| Sloveniya | Wuppertal | Stadion am Zoo, Wuppertaler SV |
| Ispaniya | Donaueschingen | Der Öschberghof |
| Shveysariya | Stuttgart | Gazi-Stadion auf der Waldau |
| Turkiya | Barsinghausen | Sporthotel Fuchsbachtal |
| Ukraina | Wiesbaden | Stadion am Halberg |
Chiptalarni rasmiylashtirish
O'yinlar uchun chiptalar UEFA ning rasmiy veb-saytida sotiladi. Shuningdek, 24 ishtirokchi mamlakatlarning futbol assotsiatsiyalari tomonidan ham tarqatiladi. Chiptalar sotuvi 2023-yil 3-oktabrda boshlangan. Turnirning 51 ta o‘yini uchun 2,7 million chiptaning 80 foizdan ortig‘i ishtirokchi jamoalar muxlislari va keng jamoatchilikka taqdim etilgan. Har bir ishtirokchi jamoa muxlislari uchun guruh bosqichi o‘yinlariga 10 000 ta, 1/8 final va chorak final o‘yinlari uchun 6 000 ta, yarim final uchun 7 000 ta, final o‘yini uchun 10 000 ta chipta ajratilgan. 206 ta davlatdan 50 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Germaniya muxlislaridan tashqari, chipta uchun eng ko'p soʻrovlar UEFAga Turkiya, Vengriya, Angliya, Albaniya va Xorvatiya terma jamoasining muxlislari tarafidan yuborilgan. Narxlar 30 yevrodan (guruhdagi o‘yinda darvoza ortidagi oʻrindiq uchun) 1000 yevrogacha (finaldagi markaziy tribunadagi oʻrindiq uchun).
Saralash bosqichi
Mezbon sifatida Germaniya avtomatik tarzda turnirga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi. Qolgan 23 ta jamoa saralash turniri orqali aniqlab olindi; 10 ta saralash guruhi g'oliblari va ikkinchi o'rinlarin sohiblari to'g'ridan-to'g'ri yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Qolgan uchta jamoa esa pley-off orqali aniqlandi. Pley-off o'yinlarida ishtirok etish imkoniyati UEFA Millatlar ligasining 2022—2023-yilgi mavsumida eng yaxshi natija ko'rsatgan, lekin saralash turniri orqali 2024-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan jamoalarga berildi. 2022-yil 9-oktabr kuni Frankfurtdagi Festhalle nomli arenada Yevro-2024 saralash turnirining guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo'lib o'tgan. Guruh bosqichi 2023-yilning martidan noyabrigacha, uchta pley-off oʻyinlari esa 2024-yilning mart oyida oʻtkazilgan.
Musobaqada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan jamoalar
Turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 24 ta jamoadan 19 tasi avvalgi musobaqada ishtirok etgan. Ular orasida amaldagi chempion Italiya va ikkinchi o‘rin sohibi Angliya, shuningdek, 2022-yilgi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan Fransiya va bronza medali sohibi Xorvatiya ham bor. Portugaliya saralash bosqichidan yo'qotishlarsiz (hamma o'yinda g'alaba) o'tgan yagona jamoa bo'ldi. Fransiya, Angliya, Belgiya, Vengriya va Ruminiya terma jamoalari ham saralash bosqichini mag'lubiyatsiz yakunlashgan.
Albaniya va Ruminiya terma jamoalari Yevro-2020ni o'tkazib yuborganidan so'ng, yana yirik turnirda ishtirok etish imkonini qo'lga kiritdi. Serbiya va Sloveniya termalari Yevro-2000dan keyin ilk marta mazkur musobaqada ishtirok etadigan bo'lishdi. Serbiya terma jamoasi Serbiya va Chernogoriya alohida davlatga aylanganidan beri ilk marta saralash bosqichidan o'tishga muvaffaq bo'ldi. Sloveniya mustaqil davlat sifatida o'z tarixida to'rtinchi marta yirik turnirga yo'llanma oldi. Gruziya pley-off bosqichida Gretsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 1991-yilda Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidandan keyin mustaqil davlat sifatida ilk turnirga yo‘llanma oldi va 17-Yevropa chempionatining yagona debyutantiga aylandi. Gruziyaning debyuti Yevro-1960da boshlangan har bir turnirda bitta yangi jamoa ishtirok etishi anʼanasining davom etishini ta’minladi.
Shvetsiya, Rossiya va Uels terma jamoalarining Yevro-2024da ishtirok etmasligi eʼtiborga molik. Shvetsiya Yevro-1996dan beri birinchi marta mazkur turnirda qatnasha olmaydigan boʻldi. Shuningdek, shvetsiyaliklar 2022-yilgi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishgan edi. Shu tariga, ular ketma-ket ikkinchi yirik turnirda qatnashmaydigan boʻlishdi. Yevro-2000 dan beri doimiy ravishda Yevropa chempionatining guruh bosqichida qatnashib kelgan Rossiya Ukrainaga bosqin sababli saralash bosqichidan chetlashtirildi. Oldingi ikki turda, jumladan, Yevro-2016 yarim finalida pley-off bosqichiga chiqqan Uels terma jamoasi Yevro-2024 musobaqasining saralash turniri pley-off bosqichida Polshaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Yevro-2020da debyut qilgan Shimoliy Makedoniya va Finlandiya terma jamoalari bu safar musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi.
Rossiyaning diskvalifikatsiyasi
2022-yil 20-sentabr kuni Hvarda (Xorvatiya) bo‘lib o‘tgan UEFA Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishida Rossiyaning Yevro-2024 saralashidan chetlatilishi tasdiqlandi. 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bosqini bunga sabab qilib koʻrsatilgan. Natijada Rossiya terma jamoasi 2000-yildan beri birinchi marta Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradigan boʻldi.
Qurʼa tashlash marosimi
Qurʼa tashlash marosimi 2023-yil 2-dekabr kuni Gamburgdagi Elbphilharmonie nomli konsert zalida boʻlib o‘tdi. Jamoalar saralash bosqichida qayd etgan natijalariga koʻra savatlarga taqsimlandi. Mezbon Germaniya avtomatik tarzda 1-savatga joylashtirildi va A guruhidan oʻrin olgan. Pley-offning uchta g'olibi qura vaqtida ma'lum emas edi. 2024-yil mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan ushbu pley-offda ishtirok etuvchi jamoalar qur'a tashlash marosimida 4-savatga joylashtirildi. Qur'a tashlash marosimi bir necha marta pranker yuzaga keltirgan turli xil shovqinlar sababli toʻxtatilgan.
- 1-savat: Germaniya (mezbon), 1–5-guruh g‘oliblari
- 2-savat: 6–10-guruh gʻoliblari, 1-guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa
- 3-savat: 2–7-guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar
- 4-savat: 8–10-guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar va 3 ta pley-off oʻyini gʻoliblari (qur’a tashlash marosimi paytida pley-off gʻoliblari nomi maʼlum emas edi)
Savatlar
| Jamoa | Rank |
|---|---|
| Jamoa | Oʻrin |
| Germaniya (mezbon) | — |
| Portugaliya | 1 |
| Fransiya | 2 |
| Ispaniya | 3 |
| Belgiya | 4 |
| Angliya | 5 |
| Jamoa | Oʻrin |
|---|---|
| Vengriya | 6 |
| Turkiya | 7 |
| Ruminiya | 8 |
| Daniya | 9 |
| Albaniya | 10 |
| Avstriya | 11 |
| Jamoa | Oʻrin |
|---|---|
| Niderlandiya | 12 |
| Shotlandiya | 13 |
| Xorvatiya | 14 |
| Sloveniya | 15 |
| Slovakiya | 16 |
| Chexiya | 17 |
| Jamoa | Oʻrin |
|---|---|
| Italiya | 18 |
| Serbiya | 19 |
| Shveysariya | 20 |
| A pley-off gʻolibi | — |
| B pley-off gʻolibi | |
| C pley-off gʻolibi |
Qurʼa natijasi
| Oʻrin | Jamoa |
|---|---|
| A1 | Germaniya |
| A2 | Shotlandiya |
| A3 | Vengriya |
| A4 | Shveysariya |
| Oʻrin | Jamoa |
|---|---|
| B1 | Ispaniya |
| B2 | Xorvatiya |
| B3 | Italiya |
| B4 | Albaniya |
| Oʻrin | Jamoa |
|---|---|
| C1 | Sloveniya |
| C2 | Daniya |
| C3 | Serbiya |
| C4 | Angliya |
| Oʻrin | Jamoa |
|---|---|
| D1 | Polsha |
| D2 | Niderlandiya |
| D3 | Avstriya |
| D4 | Fransiya |
| Oʻrin | Jamoa |
|---|---|
| E1 | Belgiya |
| E2 | Slovakiya |
| E3 | Ruminiya |
| E4 | Ukraina |
| Oʻrin | Jamoa |
|---|---|
| F1 | Turkiya |
| F2 | Gruziya |
| F3 | Portugaliya |
| F4 | Chexiya |
- Qurʼa tashlash marosimi paytida 3 ta pley-off gʻolibining nomi maʼlum emas edi.
Tarkiblar
Jamoalar qaydnomasidagi futbolchilarning maksimal miqdori dastlab 23 nafar etib belgilangan. Ammo keyinchalik 26 nafarga oshirilgan. Jamoalar minimum 23 nafar, maksimal 26 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni 7-iyungacha taqdim etishlari kerak edi.
Oʻyin rasmiylari (hakamlar)
2024-yil aprel oyida turnirdagi 51 ta o‘yinni boshqarish uchun 19 ta hakamlar brigadasi tanlab olindi. Jumladan, UEFA va KONMEBOL konfederatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida Germaniyada oʻtkaziladigan musobaqaga Argentinadan ham hakamlar brigadasi taklif qilingan.
| Hakam | Qanot hakamlari | Ishlagan oʻyinlari |
|---|---|---|
| Jesús Gil Manzano | Diego Barbero Sevilla Ángel Nevado Rodriguez | |
| Marco Guida | Filippo Meli Giorgio Peretti | |
| István Kovács | Vasile Florin Marinescu Mihai Ovidiu Artene | |
| Ivan Kružliak | Branislav Hancko Jan Pozor | |
| François Letexier | Cyril Mugnier Mehdi Rahmouni | |
| Danny Makkelie | Hessel Steegstra Jan de Vries | |
| Szymon Marciniak | Tomasz Listkiewicz Adam Kupsik | |
| Halil Umut Meler | Mustafa Emre Eyisoy Kerem Ersoy | |
| Glenn Nyberg | Mahbod Beigi Andreas Söderkvist | |
| Michael Oliver | Stuart Burt Dan Cook | |
| Daniele Orsato | Ciro Carbone Alessandro Giallatini | |
| Sandro Schärer | Stéphane de Almeida Bekim Zogaj | |
| Daniel Siebert | Jan Seidel Rafael Foltyn | |
| Artur Soares Dias | Paulo Soares Pedro Ribeiro | |
| Anthony Taylor | Gary Beswick Adam Nunn | |
| Facundo Tello | Gabriel Chade Ezequiel Brailovsky | |
| Clément Turpin | Nicolas Danos Benjamin Pages | Germaniya–Shotlandiya (A guruhi) |
| Slavko Vinčić | Tomaž Klančnik Andraž Kovačič | |
| Felix Zwayer | Stefan Lupp Marco Achmüller |
Bundan tashqari, UEFA yigirmata Video Assistent Referi (VAR) tizimida ishlovchi va o'n ikkita yordamchi hakamlar (ular to'rtinchi hakam yoki zaxira hakami vazifasini bajaradi) roʻyxatini ham e'lon qildi.
| Mamlakat | Hakam(lar) |
|---|---|
| Angliya | Stuart Attwell David Coote |
| Fransiya | Jérôme Brisard Willy Delajod |
| Olmoniya | Bastian Dankert Christian Dingert Marco Fritz |
| Italiya | Massimiliano Irrati Paolo Valeri |
| Niderlandiya | Rob Dieperink Pol van Boekel |
| Polsha | Bartosz Frankowski Tomasz Kwiatkowski |
| Ruminiya | Catalin Popa |
| Sloveniya | Nejc Kajtazovič |
| Portugaliya | Tiago Martins |
| Ispaniya | Alejandro Hernández Hernández Juan Martínez Munuera |
| Shveysariya | Fedayi San |
| Turkiya | Alper Ulusoy |
| Mamlakat | Toʻrtinchi hakam | Zaxiradagi qanot hakami |
|---|---|---|
| Bosniya va Gertsogovina | Irfan Peljto | Senad Ibrišimbegović |
| Litva | Donatas Rumšas | Aleksandr Radiuš |
| Niderlandiya | Serdar Gözübüyük | Johan Balder |
| Norvegiya | Espen Eskås | Jan Erik Engan |
| Sloveniya | Rade Obrenović | Jure Praprotnik |
| Ukraina | Nikola Balakin | Oleksandr Berkut |
Guruh bosqichi
Gʻolib Ikkinchi oʻrin | Yarim final Chorak final | 1/8 final Guruh bosqichi |
UEFA 2022-yil 10-may kuni turnir taqvimini eʼlon qilgan. Unda faqat ochilish oʻyini, yarim final va final oʻyinlarining boshlanish vaqtlari koʻrsatilgan edi. Qolgan barcha o‘yinlarning boshlanish vaqtlari 2023-yil 2-dekabr kuni qur’a tashlash marosimidan so‘ng e’lon qilindi.
Guruh g‘oliblari, ikkinchi o‘rin egalari va uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rtta jamoa 1/8 finalga yo‘l olgan.
Qoʻshimcha mezonlar
Agar ikki yoki undan ortiq jamoalarning guruh o‘yinlari yakuniga ko‘ra ochkolari teng bo‘lib qolsa, quyidagi mezonlarga asosan pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan jamoa nomi aniqlanadi.
- Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoa orasidagi bahsida toʻplangan ochkolar soni;
- Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoalar bahsidagi toʻplar nisbati;
- Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoalar bahsida koʻproq gol urgan jamoa;
- Agar yuqoridagi 3 ta mezon qoʻllangandan keyin ham vaziyat hal boʻlmasa, 5—9-mezonlarga murojaat qilinadi;
- Guruhda oʻtkazilgan barcha o'yinlardagi toʻplar nisbati;
- Guruhda oʻtkazilgan barcha o'yinlarda koʻproq gol urgan jamoa;
- Agar teng ochko toʻplsgsn jamoalar 3-turda oʻzaro bahs olib borsa va oʻyinni durang bilan tugatib, umumiy toʻplar nisbati teng boʻlib qolsa, mazkur ikki jamoaning oʻrni penaltilar seriyasiga ko'ra aniqlanadi. (Agar ikkitadan ortiq jamoa bir xil miqdordagi ochkoga ega bo'lsa, ushbu mezon qo'llanilmaydi.);
- Guruhdagi barcha o‘yinlarda jami eng past jarima ballari toʻplagan jamoa (bitta sariq kartochka uchun 1 ball, ikkita sariq kartochka natijasida olingan qizil kartochka uchun 3 ball, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka uchun 3 ball, bitta sariq kartochkadan keyingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka uchun uchun 4 ball);
- Yevropa chempionati saralashining umumiy reytingida yuqori o'rinda turgan jamoa. Agar taqqoslanayotgan jamoalarning biri mezbon Germaniya terma jamoasi boʻlsa, bu holda qur'a tashlash orqali pley-off bosqichida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritgan terma jamoa nomi aniqlanadi.
A guruhi
| Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Germaniya (H) | 3 | 2 | 1 | 0 | 8 | 2 | +6 | 7 | Pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi |
| 2 | Shveysariya | 3 | 1 | 2 | 0 | 5 | 3 | +2 | 5 | |
| 3 | Vengriya | 3 | 1 | 0 | 2 | 2 | 5 | −3 | 3 | Pley off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi |
| 4 | Shotlandiya | 3 | 0 | 1 | 2 | 2 | 7 | −5 | 1 |
Klassifikatsiya qoidasi: Qoʻshimcha mezonlar
(H) Mezbon
| Germaniya | 5:1 | Shotlandiya |
|---|---|---|
| Wirtz 10' Musiala 19' | Bayonnoma | Rüdiger 87' (avto) |
| Vengriya | 1–3 | Shveysariya |
|---|---|---|
| Varga 66' | Bayonnoma | Duah 12' Aebischer 45' Embolo 90+3' |
| Germaniya | 2–0 | Vengriya |
|---|---|---|
| Musiala 22' Gündoğan 67' | Bayonnoma |
| Shotlandiya | 1-1 | Shveysariya |
|---|---|---|
| McTominay 13' | Bayonnoma | Shaqiri 26' |
| Shveysariya | 1–1 | Germaniya |
|---|---|---|
| Ndoye 28' | Hisobot | Füllkrug 90+2' |
| Shotlandiya | 0–1 | Vengriya |
|---|---|---|
| Hisobot | Csoboth 90+10' |
B guruhi
| Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Ispaniya | 3 | 3 | 0 | 0 | 5 | 0 | +5 | 9 | Pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi |
| 2 | Italiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 | 3 | 0 | 4 | |
| 3 | Xorvatiya | 3 | 0 | 2 | 1 | 3 | 6 | −3 | 2 | |
| 4 | Albaniya | 3 | 0 | 1 | 2 | 3 | 5 | −2 | 1 |
Klassifikatsiya qoidasi: Qoʻshimcha mezonlar
| Ispaniya | 3–0 | Xorvatiya |
|---|---|---|
| Morata 29' Fabián 32' | Bayonnoma |
| Italiya | 2–1 | Albaniya |
|---|---|---|
| Bayonnoma |
|
| Xorvatiya | 2–2 | Albaniya |
|---|---|---|
| Kramarić 74' Gjasula 76' (avto) | Bayonnoma | Laçi 11' Gjasula 90+5' |
| Ispaniya | 1-0 | Italiya |
|---|---|---|
| Calafiori 55' (avto) | Bayonnoma |
| Albaniya | 0–1 | Ispaniya |
|---|---|---|
| Bayonnoma | Torres 13' |
| Xorvatiya | 1–1 | Italiya |
|---|---|---|
| Modrić 55' | Bayonnoma | Zaccagni 90+8' |
C guruhi
| Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Angliya | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 | 1 | +1 | 5 | Pley-off bosqichiga chiqish |
| 2 | Daniya | 3 | 0 | 3 | 0 | 2 | 2 | 0 | 3 | |
| 3 | Sloveniya | 3 | 0 | 3 | 0 | 2 | 2 | 0 | 3 | |
| 4 | Serbiya | 3 | 0 | 2 | 1 | 1 | 2 | −1 | 2 |
Eslatmalar:
- Intizomiy ball: Daniya−6, Sloveniya −7.
| Sloveniya | 1–1 | Daniya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Serbiya | 0–1 | Angliya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Sloveniya | 1-1 | Serbiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Daniya | 1-1 | Angliya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Angliya | 0–0 | Sloveniya |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Daniya | 0–0 | Serbiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
D guruhi
| Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Avstriya | 3 | 2 | 0 | 1 | 6 | 4 | +2 | 6 | Pley-off bosqichiga chiqish |
| 2 | Fransiya | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 | 1 | +1 | 5 | |
| 3 | Niderlandiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 4 | 0 | 4 | |
| 4 | Polsha | 3 | 0 | 1 | 2 | 3 | 6 | −3 | 1 |
| Polsha | 1–2 | Niderlandiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Avstriya | 0–1 | Fransiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Polsha | 1-3 | Avstriya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Niderlandiya | 0–0 | Fransiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Niderlandiya | 2–3 | Avstriya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Fransiya | 1–1 | Polsha |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
E guruhi
| Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Ruminiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 3 | +1 | 4 | Pley off bosqichiga yoʻllanma |
| 2 | Belgiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 | 1 | +1 | 4 | |
| 3 | Slovakiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 | 3 | 0 | 4 | |
| 4 | Ukraina | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 | 4 | −2 | 4 |
| Ruminiya | 3–0 | Ukraina |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Belgiya | 0–1 | Slovakiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Slovakiya | 1–2 | Ukraina |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Belgiya | 2–0 | Ruminiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Slovakiya | 1–1 | Ruminiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Ukraina | 0–0 | Belgiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
F guruhi
| Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Portugaliya | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 3 | +2 | 6 | Pley off bosqichiga yoʻllanma |
| 2 | Turkiya | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 5 | 0 | 6 | |
| 3 | Gruziya | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 4 | 0 | 4 | |
| 4 | Chexiya | 3 | 0 | 1 | 2 | 3 | 5 | −2 | 1 |
Eslatmalar:
- Oʻzaro oʻyin natijasi: Turkiya 0–3 Portugaliya.
| Turkiya | 3–1 | Gruziya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Portugaliya | 2–1 | Chexiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Gruziya | 1–1 | Chexiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Turkiya | 0–3 | Portugaliya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Gruziya | 2–0 | Portugaliya |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Chexiya | 1–2 | Turkiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
Uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar jadvali
| Oʻrin | Grh | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | D | Niderlandiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 4 | 0 | 4 | Pley-off bosqichiga yoʻllanma |
| 2 | F | Gruziya | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 4 | 0 | 4 | |
| 3 | E | Slovakiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 | 3 | 0 | 4 | |
| 4 | C | Sloveniya | 3 | 0 | 3 | 0 | 2 | 2 | 0 | 3 | |
| 5 | A | Vengriya | 3 | 1 | 0 | 2 | 2 | 5 | −3 | 3 | |
| 6 | B | Xorvatiya | 3 | 0 | 2 | 1 | 3 | 6 | −3 | 2 |
Klassifikatsiya qoidasi: 1) Ochkolar; 2) Gollar farqi; 3) Urilgan gollar; 4) Gʻalabalar; 5) Jami past intizomiy ochko; 6) Yevropa saralash musobaqalarining umumiy reytingi (yoki qurʼa tashlash, agar mezbon Germaniya taybreykda ishtirok etgan boʻlsa).
Eslatmalar:
- Intizomiy ball: Niderlandiya −2, Gruziya −6.
Pley-off bosqichi
Pley-off bosqichida, agar oʻyin normal oʻyin vaqti oxirida teng boʻlsa, qoʻshimcha vaqt oʻynaladi (har biri 15 daqiqadan ikki davr). Qoʻshimcha boʻlimlardan keyin ham durang boʻlsa, oʻyin penaltilar seriyasiga koʻra hal qilinadi.
UEFA Yevro-1984dan beri har bir turnirda boʻlgani kabi, uchinchi oʻrin uchun pley-off yoʻq.
Barcha vaqtlar Markaziy Yevropa yoz vaqti hisoblanadi (UTC+2)
Bosqichlar
| Nim chorak final | Chorak final | Yarim final | Final | |||||||||||
| 30-iyun – Cologne | ||||||||||||||
| Ispaniya | 4 | |||||||||||||
| 5-iyul – Stuttgart | ||||||||||||||
| Gruziya | 1 | |||||||||||||
| Ispaniya | 2 | |||||||||||||
| 29-iyun – Dortmund | ||||||||||||||
| Germaniya | 1 | |||||||||||||
| Germaniya | 2 | |||||||||||||
| 9-iyul – Munich | ||||||||||||||
| Daniya | 0 | |||||||||||||
| Ispaniya | 2 | |||||||||||||
| 1-iyul – Frankfurt | ||||||||||||||
| Fransiya | 1 | |||||||||||||
| Portugaliya (p) | 0 (3) | |||||||||||||
| 5-iyul – Hamburg | ||||||||||||||
| Sloveniya | 0 (0) | |||||||||||||
| Portugaliya | 0 (3) | |||||||||||||
| 1-iyul – Düsseldorf | ||||||||||||||
| Fransiya (p) | 0 (5) | |||||||||||||
| Fransiya | 1 | |||||||||||||
| 14-iyul – Berlin | ||||||||||||||
| Belgiya | 0 | |||||||||||||
| Ispaniya | ||||||||||||||
| 2-iyul – Munich | ||||||||||||||
| 50-oʻyin gʻolibi | ||||||||||||||
| Ruminiya | 0 | |||||||||||||
| 6-iyul – Berlin | ||||||||||||||
| Niderlandiya | 3 | |||||||||||||
| Niderlandiya | 2 | |||||||||||||
| 2-iyul – Leipzig | ||||||||||||||
| Turkiya | 1 | |||||||||||||
| Avstriya | 1 | |||||||||||||
| 10-iyul – Dortmund | ||||||||||||||
| Turkiya | 2 | |||||||||||||
| Niderlandiya | ||||||||||||||
| 30-iyun – Gelsenkirchen | ||||||||||||||
| Angliya | ||||||||||||||
| Angliya (q.v) | 2 | |||||||||||||
| 6-iyul – Düsseldorf | ||||||||||||||
| Slovakiya | 1 | |||||||||||||
| Angliya (p) | 1 (5) | |||||||||||||
| 29-iyun – Berlin | ||||||||||||||
| Shveysariya | 1 (3) | |||||||||||||
| Shveysariya | 2 | |||||||||||||
| Italiya | 0 | |||||||||||||
Nim chorak final
| Shveysariya | 2-0 | Italiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Germaniya | 2-0 | Daniya |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Angliya | 2-1 | Slovakiya |
|---|---|---|
| Hisobot | Schranz 25' |
| Ispaniya | 4-1 | Gruziya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Fransiya | 1–0 | Belgiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
| Portugaliya | 0–0 (Q.v) | Sloveniya |
|---|---|---|
| Hisobot | ||
| Penaltilar seriyasi | ||
| 3–0 |
| |
| Ruminiya | 0–3 | Niderlandiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Avstriya | 1–2 | Turkiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
Chorak final
| Ispaniya | 2–1 | Germaniya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Portugaliya | 0–0 (Q.v) | Fransiya |
|---|---|---|
| Hisobot | ||
| Penaltilar seriyasi | ||
| 3–5 |
|
| Angliya | 1–1 (Q.v) | Shveysariya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Penaltilar seriyasi | ||
| 5–3 | |
| Niderlandiya | 47-oʻyin | Turkiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
Yarim final
| Ispaniya | 2–1 | Fransiya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
| Niderlandiya | 1–2 | Angliya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
Final
| Ispaniya | 2–1 | Angliya |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
Eslatmalar
- Pley-offning uchta gʻolibi qurʼa vaqtida nomaʼlum edi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, uefa evro-2024 haqida ma’lumot. uefa evro-2024 nima? uefa evro-2024 nimani anglatadi?
