Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tosh oʻymakorligi - oʻymakorlik turi; amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan sohasi. T.oʻ.da bezatiladigan buyum sirtiga oʻyib, baland yoki yassi boʻrtma hosil

Tosh oʻymakorligi

Tosh oʻymakorligi - oʻymakorlik turi; amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan sohasi. T.oʻ.da bezatiladigan buyum sirtiga oʻyib, baland yoki yassi boʻrtma hosil qilib yozuv, naqsh, tasvir ishlanadi. Bunda yumshoq (gipstosh, ohaktosh va boshqalar), oʻrtacha (malaxit, marmar va boshqalar) hamda qattiq (nefrit, lazurit, yashma va boshqalar) toshdan foydalaniladi. Tosh turlari inkrustatsiya kilinishi, oʻzaro biriktirilishi, zichlabqalab mustahkamlab, keyin T.oʻ. bilan bezatilishi mumkin. Oʻzbekiston hududidan topilgan T.oʻ.ning ilk namunalari neolit, eneolit, jez davrlariga mansub. Oʻrtaosiyolik ustalar qadimdan mineral va togʻ jinslarining xossalari, ishlash usullarini yaxshi bilgan; yassi boʻrtma (relyef)li T.oʻ. rivojlangan. Hozir T.oʻ.ning asosiy qismi mexanizatsiyalashgan (yana qarang Toshtaroshlik).


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tosh oʻymakorligi haqida ma’lumot. tosh oʻymakorligi nima? tosh oʻymakorligi nimani anglatadi?

Yuqori