Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

13–16-asrlar tasviriy sanʼatida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borlikda mavjud shakl va koʻrinishlarning ortishi bilan belgilanadi

Tasviriy sanʼat

XIII-XVI asrda tasviriy sanʼat

13–16-asrlar tasviriy sanʼatida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borlikda mavjud shakl va koʻrinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda tasviriy sanʼatning qonun-qoidalarini ilmiy asosda oʻrganishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nursoya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moyboʻyoq texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik sanʼat anʼanalariga tayangan holda Uygʻonish davri insonparvarlik gʻoyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar.

XVII-XIX asrda tasviriy sanʼat

17–19-asrlarda tasviriy sanʼat uslub jihatidan rang-barang, milliy mahalliy maktablar rivoji bilan sanʼat olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental sanʼat oʻzining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, meʼmorlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar sanʼatlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuqlarda rassom va haykaltaroshlarning oʻrni alohida. Tasviriy sanʼat tur va janrlari koʻpaydi, realistik yoʻnalishdagi janrlar (portret, manzara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi oʻringa chiqa boshladi. Uygʻonish davri tasviriy sanʼatiga xos boʻlgan vazminlik, chiziq, rang, faktura mutanosibligi oʻrnini joʻshqin shakl va ranglar oʻyini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. 17-asrdan tasviriy sanʼatda klassitsizm yoʻnalishi hukm surgani holda borliqni oʻziga oʻxshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik taʼlim tizimining yoʻlga qoʻyilishi professor sanʼat maktablarining taraqqiyotini taʼminladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) sanʼat uslublaridan chekinish, noanʼanaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi hamda rivojlanishida oʻz ifodasini topdi.

XX asrda tasviriy sanʼat

20-asr tasviriy sanʼati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik sanʼatning talab va uslublari saqlangani holda uni ifodaviyligiga eʼtibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni chuqur majoziy mazmunlar bilan toʻldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noanʼanaviy tasviriy sanʼat uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha sanʼat yaratishga intilish harakati kuchliligi namoyon boʻlmoqda.

Oʻzbekistonda tasviriy sanʼat

Oʻzbekiston tasviriy sanʼati jahon hamjamiyatida sodir boʻlayotgan jarayonlar bilan hamnafas boʻlib, har bir ijodkor oʻz qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi barpo etilib 2004 yil avgust oyida ochildi.

Turlari

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tasviriy sanʼat haqida ma’lumot. tasviriy sanʼat nima? tasviriy sanʼat nimani anglatadi?

Yuqori