Sobir Muhamedov (1912.25.5 -Toshkent — 1978.12.4) — kinodramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1939-yil Boku kinostudiyasida, 1941—1948-yillar „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida (1955— 57 yillar direktor) turli lavozimlarda ishlagan. 1948—1955-yillar Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi. Oʻzbekiston madaniyat ishlari vaziri muovini (1957—1959), vazir (1959—1963), Oʻzbekiston kinematografiya Davlat qoʻmitasi raisi (1963—1964), Hujjatli va ilmiyommabop filmlar kinostudiyasining direktori (1966—1967), Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasi boshkaruvining raisi (1967—1976), „Oʻzbekfilm“da bosh muharrir (1977—1978), Oʻzbekiston kino ishlab chiqarish boshqarmasining boshligʻi (1978-yil yan-vardan). Koʻpgina hujjatli, badiiy, multiplikatsion filmlarning ssenariylarini yozgan: „Frontga konsert“, „Oʻzbekistonimizga keling“ (M. Karavkin bilan hamkorlikda), „Hamza“ (K. Yashin bilan hamkorlikda), „Shiddat“ (D. Vasiliu va U. Nazarov bilan), „Utgan kunlar“, „Zulmatni tark etib“ (A. Qodiriy asarlari asosida), „Yunus Rajabiy“, „Yorugʻ yoʻl“, „Oʻzbekiston oʻrmonlari“ va boshqa shular jumlasidan. V. Yanning „Chingizxon“ romanini rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
| Sobir Muhamedovich Muhamedov | |
|---|---|
| Tavalludi | 25-may 1912-yil Toshkent |
| Vafoti | 12-aprel 1978-yil (65 yoshda) |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | tarjimon, yozuvchi, rejissor, ssenariynavis |
| Faoliyat yillari | 1941-1973 |
Adabiyotlar
- Kinossenariy, T., 1974; Filmi i godi (A. Abdullayev bilan hamkorliqda), T., 1980.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sobir muhamedov haqida ma’lumot. sobir muhamedov nima? sobir muhamedov nimani anglatadi?