Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Andrey Dmitriyevich Saxarov (21-may 1921-yil 14-dekabr Moskva 1989-yil) – rus nazariyotchi fizigi, jamoat arbobi, SSSRda vodorod bombasini yaratganlardan biri (

Andrey Saxarov

Andrey Dmitriyevich Saxarov (21-may 1921-yil 14-dekabr Moskva 1989-yil) – rus nazariyotchi fizigi, jamoat arbobi, SSSRda vodorod bombasini yaratganlardan biri (1953), akademik (1953), 3 marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953, 1956, 1962). Moskva universitetini tugatgan (1942). SSSR Fanlar akademiyasining P. N. Lebedev nomidagi Fizika institutida ishlagan (1945-yildan). Ilmiy ishlari magnit gidrodinamikasi, plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadro sintezi, elementar zarralar, astrofizika, gravitatsiyaga oid. Boshqariladigan termoyadro reaksiyasini yuzaga keltirish uchun magnit maydonida qizigan plazmani qoʻllash gʻoyasini taklif etgan (I.Y. Tamm bilan hamkorlikda). 50-yillarning oxirida yadro qurollarini sinashni toʻxtatish kerakligi toʻgʻrisida faol ishtirok etgan. 60-yillarning oxiri – 70-yillarning boshida huquqni himoya qilish harakatining yetakchilaridan biri. Saxarov „Taraqqiyot, tinch-totuv yashash va intellektual erkinlik toʻgʻrisida mulohazalar“ (1968) asarida bir-biriga qaramaqarshi turgan sotsialistik va kapitalistik sistemada yadro urushi, ochlik, ekologik va demografik halokat, jamiyat maʼnaviyatining inqirozi, irqchilik, millatchilik, diktatorlik rejimi kabi insoniyatga solayotgan tahdidlar ustida fikr yuritdi. Jamiyatni demokratlashtirish va qurolsizlantirish, ikki sistemani yaqinlashtirishga olib boradigan intellektual erkinlik, sotsial va ilmiy texnika taraqqiyotini barqaror etish masalalari koʻtarildi. Mana shu asar Gʻarbda eʼlon qilinganidan soʻng Saxarov hamma maxfiy ishlardan chetlashtirildi. Afgʻonistonga sovet qoʻshini kiritilishiga ochiqdan-ochiq norozilik izhor qilgani uchun 1980-yil yanvarda barcha mukofotlaridan mahrum etildi va Gorkiy shahriga surgun qilindi. U yerda ham Saxarov huquqni himoya qilish faoliyatini davom ettirdi. Surgundan 1986-yilda qaytgan. Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1975).

Andrey Dmitriyevich Saxarov

Andrey Saxarov, 1989-yil
Tavalludi 21-may 1921-yil
Moskva, RSFSR
Vafoti 14-dekabr 1989-yil(1989-12-14)
(68 yoshda)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi fizik, huquq himoyachisi, yadro fizigi, siyosatchi
Ish joylari SSSR Fanlar akademiyasi P.N. Lebedev nomidagi Fizika instituti (1947—1950, 1969—1980)
Taʼlimi Moskva davlat universiteti Fizika fakulteti
Akademik rahbarlari Igor Tamm
Mashhur shogirdlari Vladimir Lebedev
Mashhur ishlari RDS-37
Sovet yadro dasturi
Sar bomba
Portlash bilan pompalanadigan oqim siqish generatori
Elektromagnit puls
Tokamak
Muon-katalizlanadigan sintez
Saxarov shartlari
Induksiyalangan gravitatsiya
Proton parchalanishi
Dissident
Inson huquqlari himoyachisi
Saxarov mukofoti
Taʼsir koʻrsatgan birinchi vodorod bombasi yaratuvchilaridan, huquq himoyachi, Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sohibi
Mukofotlari
Nobel mukofoti laureati
Nobel mukofoti laureati
Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti (1975)
Sovet (1980-yil barchasidan mahrum qilingan):
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
Lenin mukofoti
Xorijiy:
Vitis xochi ordeni Katta xochi kavaleri
Turmush oʻrtogʻi Klavdiya Vixireva (1943–1969)
Yelena Bonner (1972–1989)
Veb-sayt Saxarov virtual muzeyi

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, andrey saxarov haqida ma’lumot. andrey saxarov nima? andrey saxarov nimani anglatadi?

Yuqori