Sipohsolor (fors. — qoʻshin boshlovchi, lashkar yetakchisi) — 1) Somoniylar saltanatida eng oliy harbiy unvon. U Nishopurdan Amudaryoning jan. gacha Somoniylarga tegishli barcha yerlarga xukmronlik qilgan Xuroson voliysiga berilgan; 2) Qoraxoniylar qoʻshinida "bosh qoʻmondon, sarkarda" maʼnosida S. asl turkiy suboshi atamasi bilan parallel qoʻllangan; 3) Amir Temur koʻshinida bu istiloh koʻllanishda boʻlmagan. Bobur qushinida bosh qoʻmondon mirsipoh deb yuritilgan. Biroq S Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy asarlarida "lashkarboshi, bosh qoʻmondon" maʼnosida isteʼmolda boʻlgan; 4) Xiva xonligida jami otliq va piyoda qoʻshinga S. qoʻmondonlik qilgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sipohsolor haqida ma’lumot. sipohsolor nima? sipohsolor nimani anglatadi?