Shafoat Rahmatullayeva (1941-yil 4-yanvar, Qoʻqon – 2024-yil 24-dekabr) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980), Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
| Shafoat Rahmatullayeva | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 4-yanvar 1941-yil Furqat tumani, Oʻzbekiston SSR |
| Vafoti | 24-dekabr 2024-yil (83 yoshda) |
| Turmush oʻrtogʻi | Erkin Qosimov (Sana mavjud emas) |
| Mukofotlari | |
Hayoti
Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvarda Furqat tumanida tugʻilgan. Otasi Muqaddasxon kolxoz raisi boʻlgan boʻlib, uning toʻrt qizi boʻlgan. Dastlab, u Pedagogika texnikumida oʻqigan va u yerdagi teatr aktyorlari drama toʻgaragi sabab aktrisa boʻlishga qiziqib qolgan. Lekin otasi bunga qarshilik qilgan. Shu vaqtlarda „Maftuningman“ filmiga kasting boʻlgan va u kastingdan muvaffaqiyatli oʻtib, Sayyora roliga tasdiqlangan. Buni ota-onasiga oʻzi aytolmagan. Oʻqituvchisi bu haqida otasiga aytgan, lekin u yana qarshilik qilgan. Soʻng otasining fikri oʻzgarib, bungan rozilik bergan:
Faqat bir shart bilan rozilik beraman. Televizor va radioga chiqadigan, xalq tan oladigan artist boʻling. Etagini boshiga qoplab, toʻyma-toʻy yuradigan artist boʻlsangiz, rozi emasman.
Otasi rozi boʻlganidan keyin Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutida oʻqishni boshlagan. 1965-yil oʻqishni tugatib, Sirdaryo teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. Qoʻqon teatrining aktrisasi (1963—1965; 1971—1975; 2000-yildan), 1965—1971-yillar Jizzax, 1975—2000-yillar Sirdaryo teatrlarida aktrisa boʻlib faoliyat yuritgan. Rahmatullayeva keng diapazonli aktrisa boʻlib, musiqiy va dramatik hamda komediya, tragediya janrlaridagi spektakllarda ijod qilib keladi: Maysara (Hamza, „Maysaraning ishi“), Narzi (3. Fatxullin, „Vatan ishqi“), Poshsha xola, Zebo (M. Boboyev, „Qaydasan, jon bolam“, „Yer tomiri“), Gonorelya (U. Shekspir, „Qirol Lir“), Zuhra (Abdulla Qahhor, „Ogʻriq tishlar“), Jurden xonim (Molyer, „Soxta oqsuyak“), Tosh xola (J. Mahmudov, „Ayollar faryodi“), Maʼmura kampir (Jan Sarron, „Maʼmura kampir“) kabi rollari bilan tanildi. 1995-yil Poshsha xola va Maʼmura kampir rollari uchun yilning „Eng yaxshi ayol roli“ sovrini bilan taqdirlandi. U filmlardagi birinchi rolini „Masxaraboz“ filmida ijro etgan. Lekin uning xalq orasida tanilishiga „Sevginator“ filmidagi ijarachi xola roli sabab boʻlgan.
Shafoat Rahmatullayeva 2024-yil 24-dekabrda vafot etgan.
Shaxsiy hayoti
Shafoat Rahmatullayeva Sirdaryo teatrida ishlab yurganida samarqandlik Erkin Qosimov degan akkordeonchi yigit bilan tanishib qolgan. Ular turmush qurishgan, lekin ularning farzandi chaqaloqlik paytida vafot etgan. 8 yildan soʻng ham farzandli boʻlishmagan va Shafoat Rahmatullayeva oʻz xohishi bilan ajrashgan.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1994 | Masxaraboz | Epizod | |
| 1996 | Mehrobdan chayon | ||
| 1997 | Piyoda | Momo | |
| 2005 | Orzu ortida | Buvi | |
| 2006 | Chashma | Buvi | |
| Osmon yaqin | Epizod | ||
| 2007 | Sevginator | "Anakonda" xola | |
| 2009 | Oʻzimdan oʻzimgacha | ||
| 2010 | Sevginator 2 | Bosh rol | |
| 2011 | Er bermoq – jon bermoq | Folbin | |
| Hi-Fi bolakay | |||
| Fidoyilar | |||
| 2013 | Poyga | ||
| 2014 | Sehrli qalpoqcha 2 | Robiya, Xoshimjonning buvisi | Bosh rol |
| 2015 | Maftuningman | ||
| 2016 | Zurriyod | Bosh rol | |
| 2017 | Maftuningman 2 | ||
| Josus kampir 007 | Bosh rol | ||
| 2019 | Elparvar | ||
| 2023 | Hokim buva | Serial |
Mukofotlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980)
- Oʻzbekiston xalq artisti (1992);
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shafoat rahmatullayeva haqida ma’lumot. shafoat rahmatullayeva nima? shafoat rahmatullayeva nimani anglatadi?
