Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baletmeyster (olmoncha: ballettmeister — balet ustasi) — balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarinin

Baletmeyster

Baletmeyster (olmoncha: ballettmeister — balet ustasi) — balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarining muallifi va sahnalashtiruvchisi yoki rejissyori. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Ozarbayjonda milliy musiqali drama spektakllari uchun raqslarni sahnaga qoʻyuvchilar ham baletmeyster deyiladi.

Baletmeyster baletda butun spektaklning xoreografik shaklini libretto asosida, musiqa ritmi va ohanglariga mos qilib ishlab chiqadi va raqqos(a)larga oʻrgatadi. Baletmeyster baletda bosh ijodkor boʻlsa, boshqa janrlarda yordamchi hisoblanadi.

Oʻzbekistonda Qunduz Mirkarimova, Galiya Izmaylova, Bernora Qoriyeva, Kodir Moʻminov, Yulduz Ismatova, Viloyat Oqilova va Maʼmura Ergashevalar kabilar yetakchi baletmeysterlar hisoblanadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, baletmeyster haqida ma’lumot. baletmeyster nima? baletmeyster nimani anglatadi?

Yuqori