- Vikipediyada ismi Qudrat va familiyasi Ahmedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qudratilla Axmedovich Axmedov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. Shoir va yozuvchi Gʻafur Gʻulomning kuyovi.
| Qudrat Ahmedov | |
|---|---|
Oʻzbekiston SSR Davlat reja qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 1974 – ? | |
| Mansab davri 1971 – 1974 | |
| Oʻtmishdoshi | Narmaxonmadi Xudoyberdiyev |
| Vorisi | Viktor Xaydurov |
| Mansab davri 1969 – 1971 | |
| Oʻtmishdoshi | Egamqul Tasanbayev |
| Vorisi | Viktor Xaydurov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1930 |
| Vafoti | 1995 |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Taʼlim | Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti |
| Mukofotlari | |
Tarjimai holi
1930-yilda tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1952-yildan KPSS aʼzosi.
1952-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini (TDIU) tugatgandan soʻng TDIUning qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi aspiranti, assistenti. 1961-yildan raykom birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi kotibi, KPSS MK Oʻrta Osiyo byurosi inspektori. 1965—1971-yillarda Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari, raisi. 1971-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1974-yildan Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Qoraqalpogʻiston ASSR 636-son Toʻrtkoʻl saylov okrugidan 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati (1974—1979), Ittifoq Sovetining Plan-byudjet komissiyasi aʼzosi. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi.
Oilasi
Xotini — Olmos Gʻofurovna Ahmedova (Gulomova) (1938-yil 4-iyulda tugʻilgan), rassom, muzey direktori. Otasi Gʻafur Gʻulom. Uch nafar farzandi bor. Durbek Qudrattilaevich Ahmedov — iqtisod fanlari doktori, Joʻrabek Qudratillaevich Ahmedov — irrigatsiya muhandisi, Gavharshodbegim Qudratillaevna Rustamova (Ahmedova) — tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos.
Asarlari
- Ekonomika Uzbekskoy SSR v period razvitogo sotsializma [Tekst] / K. A. Axmedov. — Tashkent: Uzbekistan, 1977. — 232 s.
- Zadachi sovershenstvovaniya deyatelnosti narodnix universitetov respubliki v svete resheniy XXV sʼezda KPSS [Tekst] / K. Axmedov; O-vo „Znanie“ UzSSR. — Tashkent: O-vo „Znanie“ UzSSR, 1977. — 18 s. — (V pomoщ lektoru).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qudrat ahmedov haqida ma’lumot. qudrat ahmedov nima? qudrat ahmedov nimani anglatadi?

