Narmaxonmadi (Normuhammad) Joʻrayevich Xudoyberdiyev (1928-yil 10-fevral – 2011-yil 27-noyabr) – sovet oʻzbek davlat va partiya arbobi, OʻzSSR Ministrlar soveti raisi (1971—1984).
| Narmaxonmadi Joʻrayevich Xudoyberdiyev | |||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Нармахонмади Джураевич Худайбердыев | |||||||||||
![]() | |||||||||||
| Mansab davri 1971-yil 25-fevral – 1984-yil 19-noyabr | |||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Rahmonqul Qurbonov | ||||||||||
| Vorisi | Gʻayrat Qodirov | ||||||||||
| Mansab davri 1970-yil – 1971-yil fevral | |||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Egamqul Tasanbayev | ||||||||||
| Vorisi | Qudrat Ahmedov | ||||||||||
| Mansab davri 1965-yil mart – 1970-yil | |||||||||||
| Hukumat boshligʻi | Rahmonqul Qurbonov | ||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Joʻra Xonazarov | ||||||||||
| Vorisi | Erkin Shayxov | ||||||||||
| Mansab davri 1961-yil iyul – 1963-yil fevral | |||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Orif Hakimov | ||||||||||
| Vorisi | Fahriddin Shamsiddinov | ||||||||||
| Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||
| Tavalludi | 10-fevral 1928-yil Yotoq qishlogʻi, Jizzax tumani, Samarqand okrugi, OʻzSSR | ||||||||||
| Vafoti | 27-noyabr 2011-yil (83 yoshda) | ||||||||||
| Ilmiy unvoni | Veterinariya fanlari doktori | ||||||||||
| Maʼlumoti | Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti | ||||||||||
| Mukofotlari | | ||||||||||
Biografiyasi
1928-yil 10-fevralda Oʻzbekiston SSR Samarqand okrugi Yotoq qishlogʻida (hozirgi Jizzax viloyati Forish tumani Bogʻdon shaharchasi) oʻzbek dehqon oilasida tugʻilgan. 1948-yildan KPSS aʼzosi.
Ta'limi
1959-yil Qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan. Institut yoshlar tashkiloti kotibi lavozimida ishlagan. Veterenariya fanlari doktori (1952), dotsent (1954).
Mehnat faoliyati
1954—1955 yy. – OʻzSSR kompartiyasi kotibi yordamchisi.
1955 y. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari.
1955—1957 yy. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.
1957—1959 yy. – OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi kotibi.
1959—1960 yy. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari.
1960—1961 yy. – OʻzSSR Ministrlar soveti raisining oʻrinbosari.
1961—1962 yy. – Surxondaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.
1962—1965 yy. – OʻzSSR Kompartiyasi kotibi.
1965—1970 yy. – OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri.
1970—1971 yy. – Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.
25-fevral 1971 – 19-noyabr 1984 yy. – OʻzSSR Ministrlar soveti raisi.
1986-yil 27-iyulda „Paxta ishi“ doirasida partiyadan boʻshatilgan.
23-fevral 1987-yilda pora olganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. 9 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qaroriga muvofiq, 1991-yilda ozod etilgan. Barcha mukofot va unvonlari qaytarib berilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, narmaxonmadi xudoyberdiyev haqida ma’lumot. narmaxonmadi xudoyberdiyev nima? narmaxonmadi xudoyberdiyev nimani anglatadi?



