Qor qoploni yoki ilvirs (Panthera uncia) – mushuksimonlar oilasiga mansub panteralar urugʻiga kiruvchi yirtqich hayvon. Gavdasining uzunligi 103–130 sm, dumi 80–105 sm. Erkaklari tanasining ogʻirligi 44–55 kg, urgʻochilariniki 35–40 kg. Qoplonga oʻxshash, lekin juni kulrang-sargʻish qoramtir xolli boʻlishi bilan undan farq qiladi. Yungi qalin va paxmoq boʻladi. Markaziy va Oʻrta Osiyoning baland togʻli hududlarida 2 000 m balandlikda, doimiy muzliklar chegarasida uchraydi. Qishda birmuncha pastroqqa – ignabargli daraxtzorlar mintaqasiga tushadi. Kun botish bilan, baʼzan kunduzlari faol boʻladi. 1–5 tagacha, odatda, 2–3 ta bola tugʻadi. Togʻ tuyoqli hayvonlari (asosan, togʻ qoʻylari), baʼzan quyon, sugʻur kabi hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni va turi toʻxtovsiz qisqarib bormoqda. Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
| Qor qoploni | ||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||||||||||||
![]() Zaif holatda (IUCN3.1) | ||||||||||||||||
| Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
| Panthera uncia (Schreber, 1775-yil) | ||||||||||||||||
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
| Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qor qoploni haqida ma’lumot. qor qoploni nima? qor qoploni nimani anglatadi?

