Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gvadalahara — Meksikadagi shahar, Xalisko shtatining maʼmuriy markazi. Meksika togʻligining jan.gʻarbiy qismida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan.

Gvadalahara

Gvadalahara — Meksikadagi shahar, Xalisko shtatining maʼmuriy markazi. Meksika togʻligining jan.gʻarbiy qismida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. Aholi soni jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda turadi; 1,6 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Gʻarbiy Meksikaning iqtisodiy markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, kulolchilik kor-xonalari; universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (1571—1618), Santa-Monika cherkovi (1720—33) va b. saqlangan. Gvadalaharani 1530-yilda ispanlar bunyod etgan va u Markaziy Amerikani mustamlakaga aylantirishda tayanch punktlaridan biri boʻlgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gvadalahara haqida ma’lumot. gvadalahara nima? gvadalahara nimani anglatadi?

Yuqori