Shimoliy dvina (ruscha: Се́верная Двина́; Komi tilida: Вы́нва / Výnva) - RF Yevropa qismining shimolidagi daryo. Yug va Suxona daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oq dengizning Dvina qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 750 km, havzasining maydoni 362 ming km². Umumiy maydoni 900 km²boʻlgan delta hosil qiladi. Irmoqlari: oʻngdan — Vichegda, Pinega, chapdan — Vaga. Dengiz suvining koʻtarilishi Pinega quyiladigan yergacha yetib keladi. Asosan, qordan, qisman yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi bahorda koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish yerida 3540 m³/sek. noyabr— aprelda muzlaydi. Daryoda baliq koʻp, yogʻoch oqiziladi, kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Arxangelsk, Xolmogori, Verxnyaya Tayma, Kotlas, Krasnoborsk.
| Shimoliy Dvina | |
|---|---|
| |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 750 |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| |
| Davlat | Rossiya |
| Shimoliy Dvina | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shimoliy dvina haqida ma’lumot. shimoliy dvina nima? shimoliy dvina nimani anglatadi?

