„Oʻtmishdan ertaklar“ — oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. 1965–1966-yillarda yozilgan boʻlib, Qahhorning eng taniqli qissalaridan biridir. Unda yozuvchining bolalik davri, oʻtgan asr boshlaridagi bolalarning mashaqqatli hayoti xususida soʻz yuritiladi. Shuningdek, qissada katta avlodning savodsizligi, davr fojialari haqida ochiq-oydin yozilgan.
| Muallif(lar) | Abdulla Qahhor |
|---|---|
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | qissa |
| Nashr etilgan sanasi | 1966 |
„Oʻtmishdan ertaklar“ haqida ilmiy asarlar yozilgan. Jumladan, Marhabo Qoʻchqorova 2016-yil „„Oʻtmishdan ertaklar“ tadqiqi“ nomli monografiya yozgan. 2018-yil Markaziy Osiyo adabiyotini oʻrganuvchi olim Christopher Fort qissani ingliz tiliga tarjima qilish niyatida ekanligini maʼlum qilgan.
Qissa shu kungacha bir necha oʻn marta nashr qilingan, bir necha toʻplamga kiritilgan. Jumladan, 1976-yil chop etilgan „Oʻtmishdan ertaklar“ toʻplamidan oʻrin olgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oʻtmishdan ertaklar haqida ma’lumot. oʻtmishdan ertaklar nima? oʻtmishdan ertaklar nimani anglatadi?