Taragʻaytepa — antik davrga oid qalʼa xarobasi (1—4-asrlar). Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida, Tentaksoyning chap sohilida joylashgan. 1968-yil va 1982-yillarda tadqiqot ishlari olib borilgan. Kvadrat tarxli (50x50) qalʼa burchaklariga doyra shaklidagi burjlar oʻrnatilgan (bal. 8 m). T.ning yuqori qismidan kushon podsholaridan Vasudeva I va Kanishka III davriga oid tangalar, terrakotadan yasalgan baqtriyalik jangchining bosh qismi, qizil angob bilan sirlangan sopol parchalari topilgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, taragʻaytepa haqida ma’lumot. taragʻaytepa nima? taragʻaytepa nimani anglatadi?