Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ovozsiz kino — kinematografning dastlabki rivojlanish davridagi nomi. Ovozsiz kino davrida filmning tuzilish xususiyatlari, oʻziga xos estetik jihatlari belgila

Ovozsiz kino

Ovozsiz kinokinematografning dastlabki rivojlanish davridagi nomi. Ovozsiz kino davrida filmning tuzilish xususiyatlari, oʻziga xos estetik jihatlari belgilandi. Badiiy filmlar mazmuni va vokealarning rivojlanib borish holati soʻzsiz — faqat tasvir yordamida ochib berilardi. Dastlabki rivojlanish davridagi oʻziga xosligi uning aktyor ijrosi bilan boglik, ifoda vositalari boʻlib, kadr tagiga voqeani tushuntirib beruvchi yozuvlar yozib borilgan. Asosiy ifoda vositalari XX asrning 20-yillarida kino sanʼati asoslari (kinematografik rejalar, suratga olish rakurslari, montajning almashinib turishi, yaxlit asar yaratish, unga loyiq talqin topish va boshqalar) ga suyangan holda ishlab chiqildi. Birinchi ovozsiz filmlar rej.lari fransuz aka-uka Lyumyerlar (hujjatli) va J. Melyes (fantastik ertak) jahon kinosining bosh yoʻnalishini belgilab berdi. Ovozsiz kinoni fransuz "avangard"lari, nemis ekspressionizm vakillari, shuningdek, D. Griffit, Ch. Chaplin, R. Flaerti kabi amerika kinorejissyorlari olib bordilar. A. Nilsen, B. Kiton, M. Linder, Ch.VChaplin, M. Pikford va boshqa Ovozsiz kinoning yetakchi aktyorlari boʻldi.

Oʻzbekistonda ovozsiz kino davri 1925—35-yillarni oʻz ichiga oladi. "Soyabon arava", "Ravot qashqirlari", "Ikkinchi xotin", "Yuksalish" va boshqa dastlabki ovozsiz filmlardir. Xudoybergan Devonov, S. Xoʻjayev, E.Hamroyev, N. Gʻaniyev, K. Yormatov, R. Pirmuhamedov, Y. Aʼzamov, Z.Shokirova, M.Jaʼfarova kabi sanʼatkorlar ovozsiz kino davrida milliy kinoning shakllanishida muhim rol oʻynaganlar.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ovozsiz kino haqida ma’lumot. ovozsiz kino nima? ovozsiz kino nimani anglatadi?

Yuqori