Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Pierluigi Gollini (talaffuzi: Pierluiji Gollini) (1995-yil 18-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Pierluigi Gollini A Seriya vakili „Fiorenti

Pierluigi Gollini

Pierluigi Gollini (talaffuzi: Pierluiji Gollini) (1995-yil 18-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Pierluigi Gollini A Seriya vakili „Fiorentina“ futbol klubi va Italiya milliy futbol terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. "Manchester United" futbol klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan Pierluigi Gollini oʻzining professinal faoliyatini 2014-yilda „Hellas Verona“ futbol klubida boshladi. Pierluigi Gollini keyinchalik 2016-yilda „Aston Villa“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.

Pierluigi Gollini
Gollini 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pierluigi Gollini
Tavallud sanasi 18-mart 1995-yil (1995-03-18) (30 yosh)
Tavallud joyi Bologna, Italiya
Boʻyi 1.94 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fiorentina (on loan from Atalanta)
Raqami 95
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2012 Fiorentina
2012—2014 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Hellas Verona 29 (0)
2016—2018 Aston Villa 20 (0)
2017—2018 → Atalanta (ijara) 11 (0)
2018 Atalanta 78 (0)
2021—2022 → Tottenham Hotspur (ijara) 0 (0)
2022Fiorentina (ijara) 3 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013

Italiyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (0)
2013—2014

Italiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
8 (0)
2015

Italiyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
2016—2017

Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (0)
2019 Italiya milliy futbol terma jamoasi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 28-avgust uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati

Hellas Verona

Pierluigi Gollini „Hellas Verona“ futbol klubiga 2014-yilda „Manchester United“ futbol klubining yoshlar akademiyasidan kelib qoʻshilgan edi. Pierluigi Gollini 2014-yilning 24-sentabrida „Genoa“ klubiga qarshi uchrashuvda (2:2) A Seriyadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi.

Aston Villa

"Verona" klubi bilan ikki mavsumdan soʻng, Pierluigi Gollini 2016-yilning 8-iyulida „Aston Villa“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Ertasi kuni Pierluigi Gollini „Aston Villa“ jamoasi safida birinchi marta Avstriyaning „Grazer AK“ futbol klubi jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (8:0) maydonga tushdi.

Atalanta

2017-yilning 13-yanvarida Pierluigi Gollini Italiyaning „Atalanta“ futbol klubi bilan 18 oylik ijara shartnomasi imzoladi. 2018-yil 10-iyunda Pierluigi Gollini nomaʼlum toʻlov evaziga „Atalanta“ futbol klubi bilan yana bir marta doimiy shartnoma imzoladi. Pierluigi Gollini „Atalanta“ klubining UEFA Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida har bir oʻyinda maydonga tushdi va jamoaning oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, 1/8 finalga yoʻllanma olishiga katta hissa qoʻshdi.

Tottenham Hotspur

2021-yilning 24-iyulida Pierluigi Gollini Premer-liga vakili „Tottenham Hotspur“ klubiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi. Pierluigi Gollini klubdagi debyut oʻyinini 2021-yil 19-avgustda, UEFA Yevropa Konferensiya ligasining birinchi oʻyinida „Paços de Ferreira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boshladi. Ushbu oʻyin 1:0 hisobidagi „Tottenham Hotspur“ klubining magʻlubiyati bilan yakunlandi. Pierluigi Gollini 2022-yil 2-iyun kuni „Atalanta“ futbol klubiga qaytdi.

Fiorentina

2022-yilning 9-iyulida Pierluigi Gollini „Fiorentina“ futbol klubi safiga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.

Shaxsiy hayoti

2018-yil iyun oyida Gollorius taxallusi ostida Pierluigi Gollini „Rapper coi guanti“ (qoʻlqopli rapchi) rap musiqasini chiqardi. Bundan tushgan pulni xayriya ishlariga sarfladi.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Mintaqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Hellas Verona 2014—2015 A Seriya 3 0 0 0 3 0
2015—2016 26 0 1 0 27 0
Jami 29 0 1 0 0 0 0 0 30 0
Aston Villa 2016—2017 Championat 20 0 0 0 20 0
Atalanta (ijara) 2016—2017 A Seriya 4 0 0 0 4 0
2017—2018 7 0 1 0 0 0 8 0
Jami 11 0 1 0 0 0 0 0 12 0
Atalanta 2018—2019 A Seriya 20 0 3 0 4 0 27 0
2019—2020 33 0 1 0 7 0 41 0
2020—2021 25 0 4 0 3 0 32 0
Jami 78 0 8 0 0 0 14 0 100 0
Tottenham Hotspur (ijara) 2021—2022 Premer-liga 0 0 1 0 3 0 6 0 10 0
Fiorentina (ijara) 2022—2023 A Seriya 3 0 0 0 5 0 8 0
Jami 141 0 11 0 3 0 25 0 180 0

Xalqaro

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Italiya milliy futbol terma jamoasi 2019 1 0
Jami 1 0

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, pierluigi gollini haqida ma’lumot. pierluigi gollini nima? pierluigi gollini nimani anglatadi?

Yuqori