Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oscar Bobb (talaffuzi: Oskar Bob) – norvegiyalik futbolchi, Angliyaning Manchester Siti klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.

Oscar Bobb

Oscar Bobb (talaffuzi: Oskar Bob) – norvegiyalik futbolchi, Angliyaning Manchester Siti klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.

Oscar Bobb
Bobb Manchester City safida, 2024
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oscar Bobb
Tavallud sanasi 12-iyul 2003-yil (2003-07-12) (22 yosh)
Tavallud joyi Oslo, Norvegiya
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Yarim himoyachi, hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 52
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2015 Lyn
2017–2019 Vålerenga
2019–2023 Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023– Manchester City 20 (1)
Milliy terma jamoa
2019 Norvegiya U16 12 (0)
2020 Norvegiya U17 1 (0)
2021 Norvegiya U18 9 (3)
2022 Norvegiya U19 4 (1)
2022–2023 Norvegiya U21 8 (2)
2023– Norvegiya 10 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15:57, 31-avgust 2025 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-iyun 2025 uchun)

Klublardagi faoliyati

Norvegiyaning „Lyn“ va „Vålerenga“ klublarining yoshlar akademiyalarida oʻynagan. 2019-yilning iyul oyida Manchester Siti futbol akademiyasining futbolchisiga aylandi. 2023-yil 2-sentyabrda Manchester Sitining asosiy tarkibida „Fulxem“ga qarshi Premyer-liga uchrashuvida debyut qildi. 19-sentyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini „Crvena Zvezda“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2023-yilning 13-dekabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Crvena Zvezda“ klubiga qarshi oʻyinda gol kiritdi. Angliya Premyer-ligasidagi ilk golini 2024-yilning 13-yanvarida Nyukasl Yunayted klubiga qarshi safar oʻyinida kiritdi: 91-daqiqada Kevin De Bruynening uzatmasidan gol urib, „shaharliklar“ning 3:2 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi.

Terma jamoalardagi faoliyati

Norvegiya U16, U17, U18, U19 va U21 terma jamoalarida o'ynagan.

2023-yilning oktyabr oyida Bobb birinchi marta bosh murabbiy Ståle Solbakken tomonidan Norvegiya terma jamoasiga chaqirildi. 12 -oktyabrda Yevro-2024 saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi o'yinda debyut qildi va 63-daqiqada Ole Solbakken o'rniga maydonga tushdi. 2023-yilning 16-noyabrida Norvegiya terma jamoasi safida Farer orollariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida birinchi golini urdi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oscar bobb haqida ma’lumot. oscar bobb nima? oscar bobb nimani anglatadi?

Yuqori