Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nozim Bahtiyorovich Husanov (1976-yil, 19-sentabr; Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019—2022-yillarda

Nozim Husanov

Nozim Bahtiyorovich Husanov (1976-yil, 19-sentabr; Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri. 2023-yil boshidan 2023-yil 11-aprelga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va mehnat vaziri oʻrinbosari.

Nozim Bahtiyorovich Husanov
Fayl:NozimHusanov1.jpg
 O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2023-yil – 2023-yil 11-aprel
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 19-sentabr – 2022-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Qudbiyev
 Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi
 
Mansab davri
2018-yil – 2019-yil
Hokim Jahongir Ortiqxoʻjayev
Oʻtmishdoshi Bahtiyor Sultonovich Raxmonov
Vorisi Bahtiyor Shomurodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-sentyabr 1979-yil (1979-09-19) (46 yosh)
Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbek SSR
Mukofotlari

Biografiyasi

Nozim Husanov 1976-yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy.

Taʼlim

1997-yilda – Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, 2002-yilda – Toshkent moliya institutini tamomlagan, 2007-yilda – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1997-yilda „Saʼdilla“ jamoa korxonasi buxgalteri sifatida boshlagan, soʻngra bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanadi. 1998-yildan „Tadbirkorbank“ aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi. 1999-yildan banknkng Toshkent viloyati Keles boʻlimi bosh mutaxassisi, soʻngra boshqaruvchi oʻrinbosari, 2002-yildan boshlab esa boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, bank amaliyot boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2004-yildan Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi emissiya-kassa amaliyoti boshqarmasi boshligʻi, Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida ishladi. 2005-yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki emissiya-kassa operasiyalari departamenti direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 2010-yilda Toshkent viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2011-yilda – Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlaydi. 2013-yildan esa Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2014—2016-yillarda „Mikrokreditbank“ boshqaruv raisi boʻlib ishlagan. 2016-yilda Toshkent shahar hokimiligiga õtib, u yerda hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2017-yilda hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlaydi. 2018-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. 2019-yil 12-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.

Mukofotlari

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi.

Xorijiy mamlakatlarga tashriflar

Nozim Husanov 2021-yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Moskva shahrida Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Uchrashuvda Oʻzbekistonlik migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nozim husanov haqida ma’lumot. nozim husanov nima? nozim husanov nimani anglatadi?

Yuqori