Nikolay Vladimirovich Xanikov (1819.24.10, Kaluga gubernyasining Lixvinsk uyezdi – 1878.3.11, Parij yaqinidagi Rambulye) – maxsus topshiriq bilan Buxoro amirligiga yuborilgan rus geografi, sharqshunosi va diplomati. Sarskoye Selodagi litsey (1836)ni tugatib sharq tillari (asosan, arab va fors)ni mustaqil oʻrgangan. Perovskiy ekspeditsiyasi (1839-1840) tarkibida Xiva xonligiga qarshi uyushtirilgan harbiy bosqinda qatnashgan va xonlik haqida josuslik maʼlumotlarini toʻplagan. 1841-1942-yillarda josuslik niyatidagi Butenev missiyasi tarkibida Buxoro amirligida boʻlgan. Zakavkazye oʻlkasi Bosh boshqarmasining diplomatik kandelyariyasi xodimi (1845-1850). Rus geografiya jamiyati Kavkaz boʻlimi rahbari (1850-1854), Tabriz (Eron)da bosh konsul (1854-1857), Xurosonga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya rahbari (1858-1859). 1860-yildan umrining oxirigacha Parij va uning atrofida yashagan. Xanikov Turkiston, Buxoro, Eron, Afgʻoniston, Kavkaz xalqlari tarixi, etnikasi, geografiyasiga oid koʻplab asarlar yozgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nikolay xanikov haqida ma’lumot. nikolay xanikov nima? nikolay xanikov nimani anglatadi?