Barchinligʻkend, Barchkend, Barchin – Sirdaryo boʻyida joylashgan oʻrta asr qalʼa-shaharlaridan biri (12–14-asrlar); Jand viloyatiga kirgan. Oltin Oʻrda davrida Barchinligʻkendda zarb qilingan mis tangalarda „Barchin“ yozuvi uchraydi. 13-asr 2-yarmida Barchinligʻkendga tarixchi Jamol Qarshiy kelib, uni oʻz asarida Barchkend deb qayd etgan. Bu davrda Barchinligʻkendda turkmanlar yashaganlar, shahar atrofida qoʻrgʻonlar va qum barxanlari yastanib yotgan, shaharda ilm-fan, maʼnaviy hayot taraqqiy etgan. Jamol Qarshiy Barchinligʻkendda arab, fors, turkiycha sheʼrlar bitgan mahalliy olimning maʼruzasini tinglaganini yozadi. 15-adan soʻng Barchinligʻkend atamasi manbalarda tilga olinmaydi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, barchinligʻkend haqida ma’lumot. barchinligʻkend nima? barchinligʻkend nimani anglatadi?