Baroqxon (haqiqiy ismi Navroʻz Ahmadxon) (? — 1556, Samarqand) — oʻzbek shayboniylar sulolasidan boʻlgan xon.
| Navruz Ahmadxon | |
| Baroqxon ibn Eson Tuva ibn Mutugen ibn Chigʻatoy | |
![]() | |
| Hukmronligining boshlanishi: | 1552 |
|---|---|
| Hukmronligining tugashi: | 1556 |
| Oʻtmishdosh: | Suyunchxoʻjaxon |
| Voris: | Bobo Sulton |
| Tugʻilgan sanasi: | 1510-yil |
| Vafot sanasi: | 1556 |
| Vafot joyi: | Samarqand |
| Dafn joyi: | Samarqand |
| Sulola: | Shayboniylar |


Abulxayrxonnmng nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxoʻjaxonning kichik oʻgʻli. Otasining vafotidan keyin Toshkent hokimi (1533—1551), soʻngra Movarounnahr (1551—1556) xoni. Baroqxon yoshligida Vosifiydan sheʼriyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan taʼlim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan koʻproq mashgʻul boʻlgan. Baroqxon oʻz saltanatini kengaytirish uchun koʻp harbiy yurishlar uyushtirgan. Abdullatifxon vafotidan keyin 1551-yil Samarqand taxtiga oʻtirgan va Navroʻz Ahmadxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. Baroqxon obodonchilik ishlariga eʼtibor bergan, Toshkentda Baroqxon madrasasini qurdirgan. Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma“ asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556-yil Zarafshon daryosidan boshlangan Dargʻom kanalining bosh inshooti — Ravotxoʻja toʻgʻonini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda toʻsatdan vafot etgan. Baroqxon davrida Movarounnahr bilan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Sibir oʻrtasida savdo-sotiq, elchilik munosabatlari rivojlangan.
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Buxoro hukmdorlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- [2]
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, navroʻz ahmad haqida ma’lumot. navroʻz ahmad nima? navroʻz ahmad nimani anglatadi?

