Gʻulomjon Aliyevich Aliyev (Ғуломжон Алиев, 1934, Andijon – 2002, Andijon) — oʻzbekistonlik pedagog, harbiy va davlat arbobi.
| Gʻulomjon Aliyev | |
|---|---|
| Mansab davri 1991-yil 26-sentyabrdan – 1995-yil 27-iyungacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | Rustam Inoyatov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 25-may 1934-yil Andijon |
| Vafoti | 11-fevral 2002-yil (67 yoshda) Andijon |
| Mukofotlari | |
| Xizmat yillari | 1966—1995 |
| Unvoni | General-leytenant |
Andijonda tugʻilgan. 1952-yilda Andijon shahar sanitariya-epidimiologiya stansiyasi haydovchisi boʻlgan. Keyinchalik, viloyat gazetasida, Andijon viloyati huquqni muhofaza qilish organlarida ishlagan.
Andijon pedagogika institutini tamomlagan. 1961-yildan buyon kommunistik partiya aʼzosi boʻlgan. 1966-yildan 1981-yilgacha OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) Andijon viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qildi. 1984-yilgacha OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻldi.
1984-yildan 1989-yilgacha OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlgʻi boʻlgan. 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR KGB raisining oʻrinbosari, 1991-yil 12-iyundan 26-sentyabrgacha Oʻzbekiston SSR KGB raisi boʻlgan.
1991-yildan 1995-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi boʻlgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gʻulomjon aliyev haqida ma’lumot. gʻulomjon aliyev nima? gʻulomjon aliyev nimani anglatadi?
