Ushbu sahifani sentriol bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Hujayra markazi, sentriol (lotincha: sepspit, — oʻrta nuqta, markaz) — hayvonlar va ayrim oʻsimliklar hujayrasi organoidi. asosiy vazifasi boʻlinayotgan hujayra qutblarini belgilash. Hujayra markazi silindr shaklidagi 2 ta kichik boʻlakchadan tashkil topgan; biri ikkinchisiga nisbatan toʻgʻri burchak hosil qilib joylashadi. Hujayra markazining har biri 3 ta mikronaychadan iborat 9 ta bogʻlamni oʻz ichiga oladi. Hujayra markazi — sitoplazmaning oʻzidan-oʻzi koʻpayadigan organoidi. Koʻpayishi oqsil kichik boʻlakchalarining oʻzi-oʻzini yigʻish jarayoni orqali amalga oshadi. Hujayra markazi hujayraning boʻlinishida muhim ahamiyatga ega. Undan boʻlinish duklari oʻsa boshlaydi.
Organizmning rivojlanish jarayonida Hujayra markazining joylashishi va shakli oʻzgarib turadi. Hujayraning boʻlinishi tamom boʻlgach hosil boʻlgan har bir yangi hujayra bir juftdan Hujayra markaziga ega boʻladi. Hujayra markazining notoʻgʻri boʻlinishi patologik holatga sabab boʻladi. Hujayra markazi gulli oʻsimliklarda boʻlmaydi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hujayra markazi haqida ma’lumot. hujayra markazi nima? hujayra markazi nimani anglatadi?