Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Marcus Lilian Thuram-Ulien (1997-yil 6-avgustda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Serie Aning Inter Milan klubi va Fransiya terma jamoasida hujumch

Marcus Thuram

Marcus Lilian Thuram-Ulien (1997-yil 6-avgustda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Serie Aning Inter Milan klubi va Fransiya terma jamoasida hujumchi pozsitsiyasida oʻynaydi. Marcus Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli hisoblanadi.

Marcus Thuram
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcus Lilian Thuram-Ulien
Tavallud sanasi 6-avgust 1997-yil (1997-08-06) (28 yosh)
Tavallud joyi Parma, Italiya
Boʻyi 1.92 m
Ampluasi Hujumchi / Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inter Milan
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2010 Olympique de Neuilly
2010—2012 Boulogne-Billancourt
2012—2014 Sochaux
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2017 Sochaux II 38 (6)
2015—2017 Sochaux 37 (1)
2017—2019 Guingamp 64 (12)
2019—2023 Borussia Mönchengladbach 111 (34)
2023— Inter Milan 67 (27)
Milliy terma jamoa
2014 Fransiya U17 4 (1)
2014—2015 Fransiya U18 5 (2)
2015—2016 Fransiya U19 15 (3)
2016—2017 Fransiya U20 11 (3)
2019 Fransiya U21 5 (0)
2020— Fransiya 30 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-aprel uchun)

U oʻzining professional faoliyatini Sochaux klubi safida boshlagan. Liga 2ning uchta mavsumida maydonda harakat qilgan, ikki yilni Liga 1 jamoasi Guingamp safida oʻtkazgan. 2019-yilda Myunxengladbaxning „Borussiya“ klubiga 12 million yevro evaziga transfer qilingan.

Thuram 2020-yilda Fransiya terma jamoasi safida oʻz debyutini oʻtkazdi. Terma jamoasi safida UEFA Euro 2020 va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida harakat qilgan va ikkala musobaqada ham uning jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan.

Klublardagi faoliyati

Thuram oʻzining professional faoliyatini „Sochaux“ klubida boshlagan. U yerda „Youth Academy“ klubida oʻynagan. Liga 2dagi debyutini 2015-yil 20-mart kuni Chateauroux jamoasiga qarshi oʻyinda 83-daqiqada Edouard Butin oʻrniga maydonga tushib oʻtkazdi. „Sochaux“ tarkibida jami 43 ta oʻyinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq boʻlgan (2017-yil 14-aprelda „Tours“ klubiga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan).

Guingamp

2017-yilning 5-iyul kuni Thuram nomaʼlum toʻlov evaziga Liga 1ning Guingamp klubi safiga oʻtdi. 2018-yil avgust oyida otasining futbolchilik faoliyatidagi jamoadoshi, Parma, Yuventus va PSJ darvozaboni Gianluigi Buffonga qarshi oʻynaganligi uchun koʻplab muxlislar eʼtiborini tortdi.

Thuram 2019-yilning 9-yanvar kuni Parc des Princes oʻyingohida PSJ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) penalti ishlashga erishdi va buning natijasida uning jamoasi keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Yigirma kundan soʻng yarim final bosqichida „Monaco“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:2) hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi. Penaltilar seriyasida uning tepgan toʻpini Danijel Subasic bartaraf etdi, lekin shunga qaramay, Guingamp kelasi bosqichga yoʻl oldi.

Borussiya Myunxengladbax

2019-2020-yilgi mavsum

2019-yil 22-iyul kuni Myunxengladbaxning Borussiya klubi Thuram bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bu transfer uchun klub Guingampga 12 million yevro miqdorda pul toʻladi. Unga Dortmundning „Borussiya“ klubiga oʻtgan Thorgan Hazardning 10-raqami berildi.

Thuram Gladbach safidagi debyutini 9-avgust kuni DFB-Pokal jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Bundesligadagi ilk golini 22-sentabr kuni oʻzining beshinchi oʻyinida „Fortuna Dusseldorf“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi.

2020-yil 31-may kuni Thuram Union Berlin klubi darvozasiga ikkita gol kiritishga erishdi. U oʻyindagi birinchi golini George Floydning oʻldirilishi ortidan AQSHda davom etayotgan norozilik namoyishlariga bagʻishladi.

2021-

2020-yil 27-oktabr kuni Thuram UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Real Madrid" jamoasi bilan kechgan oʻyinda (2:2) ikkita gol urdi. 19-dekabr kuni Thuram „Hoffenheim“ klubiga qarshi oʻyinda raqibi Stefan Poschning yuziga tupurgani uchun maydondan chetlatildi, natijada olti oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi va 40 000 evro jarimaga tortildi.

Marcus Bundesliganing 2021-2022-yilgi mavsumidagi dastlabki 15 ta oʻyinida gol ura olmadi. Faqatgina „Wolfsburg“, „Stuttgart“ va „Greuther Furth“ klublari darvozasiga bittadan gol ura oldi.

2022-yil noyabr holatiga koʻra, Thuram Bundesliganing 15 oʻyinida 10 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va bu uning debyut mavsumidan buyon eng yaxshi koʻrsatkichlaridan biri edi.

Terma jamoa safidagi faoliyati

Thuram 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida Fransiya U19 terma jamoasi bilan gʻolib boʻldi. 2020-yilning noyabr oyida Finlandiya, Portugaliya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlar oldidan birinchi marotaba milliy terma jamoa safiga chaqirildi. 11-noyabr kuni finlarga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida „Stade de France“ stadionida uning jamoasi 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi. 2021-yilning may oyida UEFA Euro 2020 musobaqasi uchun ham chaqiruv oldi.

2022-yilning 14-noyabrida Thuram 2022-yilgi Jahon chempionatiga ham chaqiruv oldi. Argentinaga qarshi final oʻyinida u va Randal Kolo Muani Ousmane Dembele va Olivier Giroud oʻrniga maydonga tushdi. Asosiy vaqt oxirida Kylian Mbappening hisobni tenglashtirgan goliga oʻz hissasini qoʻshdi. Oʻyin davomida jarima maydonchasi ichida qoʻpollik ishlatganligi uchun sariq kartochka oldi. Yakunda Fransiya 3:3 hisobida durang oʻynab penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi.

Shaxsiy hayoti

Thuram sobiq fransuz terma jamoasi futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli va professional futbolchi Khéphren Thuramning akasi hisoblanadi. Italiyaning Parma shahrida tugʻilgan va uning ismi yamaykalik Marcus Garvey sharafiga qoʻyilgan. Otasi "Juventus" va "Barselona" safida harakat qilganiga qaramay, u bolaligidan "Milan „ va “Real Madrid" klubi muxlisi boʻlgan.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

2023-yil 2-aprelgacha bo'lgan o'yinlar
Klublar safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Divizyon Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Sochaux II 2013-14 CFA 4 0 4 0
2014-15 CFA 19 3 19 3
2015-16 CFA 9 0 9 0
2016-17 CFA 2 6 3 6 3
Jami 38 6 38 6
Sochaux 2014-15 Ligue 2 1 0 0 0 0 0 1 0
2015-16 Ligue 2 15 0 3 0 1 0 19 0
2016-17 Ligue 2 21 1 0 0 2 0 23 1
Jami 37 1 3 0 3 0 43 1
Guingamp 2017-18 Ligue 1 32 3 2 1 0 0 34 4
2018-19 Ligue 1 32 9 3 2 3 2 38 13
Jami 64 12 5 3 3 2 72 17
Borussia Mönchengladbach 2019-20 Bundesliga 31 10 2 2 6 2 39 14
2020-21 Bundesliga 29 8 3 1 8 2 40 11
2021-22 Bundesliga 21 3 2 0 23 3
2022-23 Bundesliga 25 12 2 3 27 15
Jami 106 33 9 6 14 4 129 43
Umumiy statistika 245 52 17 9 6 2 14 4 282 67
  1. Appearances in UEFA Europa League
  2. Appearances in UEFA Champions League

Terma jamoa safida

2023-yil 27-martgacha bo'lgan o'yinlar
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2020 3 0
2021 1 0
2022 5 0
2023 1 0
Jami 10 0

Yutuqlari

Fransiya U19

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2016

Fransiya

  • FIFA Jahon kubogi gʻolibi: 2022

Shaxsiy

  • Bundesligada oyning eng yaxshi yangi futbolchisi: 2019-yil sentabr, 2019-yil oktabr, 2019 yil noyabr

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, marcus thuram haqida ma’lumot. marcus thuram nima? marcus thuram nimani anglatadi?

Yuqori